Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam haqlarida hadislar

<< < (4/22) > >>

Mahdiyah:
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam o’zlari ham shaloq so’zlamas, o’zgalarning ham shaloq so’zlamog’iga yo’l qo’ymas erdilar va ul zot: "œDarhaqiqat, sizlarning yaxshingiz — hulqi yaxshingizdur!" — deb marhamat qilar erdilar" — deydilar.

Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam, (dunyoviy) ikki ishdan birini ixtiyor qilmoqlari lozim bo’lib qolsa, albatta ulardan gunohovar bo’lmagan eng yengilinigina tanlar erdilar. Basharti (o’shal eng yengil ish) gunohavor bo’lsa, undan barchadan ham ko’ra yiroqroq bo’lar erdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaxsan o’zlari(ga yetkazilgan aziyat) uchun intiqom olmaganlar, balki Alloh taoloning hurmati buzilgani uchungina (ya’ni, Alloh taolo taqiqlagan, man’ qilgan ishlar qilingani uchungina) intiqom olganlar, xolos".

Mahdiyah:
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kaftlaridan ko’ra mayinroq na biror harirni va na biror debojni ushlab ko’rmaganman. Shuningdek, men ul zotning hidlaridan ko’ra xushbo’yroq hidni ham hidlamaganman". (Bu hadisda "œkaftlarining mayin" deyilganligi boshqa bir hadisda "œqo’llari katta va g’aliz erdi" deyilganiga ziddek tuyulsa-da, aslida suyaklarining yo’g’on va terilarining mayinligi nazarda tutilgandur).

Mahdiyah:
Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam chochvon yopinib yuradirgan bokira qizdan ham hayoliroq erdilar", - deydilar.


Shu’ba roziyallohu anhu: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning biror narsani yoqtirmaganlari yuzlaridan bilinib turar erdi", - deydilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhu: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam taomga sira nax urmaganlar. Agar ishtahalari bo’lsa, tanovul qilar, bo’lmasa, tanovul qilmas erdilar", - deydilar.

Mahdiyah:
Abdulloh ibn Molik ibn Buhayna al-Asadiy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam sajda qilganlarida ikki qo’llarini o’zlaridan oldinroqqa tashlar erdilar, hatto ikki qo’llarining oppoqligi ko’rinar erdi".

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œDarhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Alloh taolodan) yomg’ir so’rab qiladirgan duolaridan bo’lak duolarida (fotihaga) qo’llarini ko’tarmas erdilar. Ul zot (fotihaga) qo’llarini (shu darajada baland) ko’tarar erdilarki, hatto ikki qo’ltiqlarining oppoqligi ko’rinar erdi".

Mahdiyah:
Abu Juhayfa roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (tahorat uchun suv) uzatdim. Shunda ul zot Abtah degan yerda, chodirda bo’lib, peshin vaqti erdi. Bilol (chodirdan) chiqib azon aytdilar-da, yana (chodirga) qaytib kirib ketdilar. So’ng, Janob Rasulullohning tahoratlaridan tushgan suvni olib chiqib erdilar, odamlar talashib-tortishib uni bo’lib olishdi-da, (tabarruk qilib) badanlariga surtishdi. Keyin, Bilol yana (chodirga) qaytib kirib, anazani (nayzadan kalta, hassadan uzunroq uchi poynakli tayoqni) olib chiqdilar. So’ng, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (chodirdan) chiqdilar. Men (o’shanda) boldirlarining tovlanib turganini (ya’ni, oppoq ekanligini hozir ham) ko’rib turgandekman. Keyin, ul zot (qasr qilib) ikki rak’at peshin o’qidilar, shunda oldilaridan eshagu xotinlar (u yoqdan bu yoqqa bemalol) o’tib turdi, (chunki qibla taraf anaza birlan to’sib qo’yilgan erdi-da!)".

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version