Ansora opa o'zlari haqida qisqacha:
Andijonda, ishchi oilasida dunyoga keldim. Olti farzandning ikkinchisi, to'rt qizning kattasiman. Maktabni bitirgan yilim Nizomiy Pedagogika Universitetining "Ozbek-Qozoq filologiyasi fakuleti" qo'shimcha Turk tili va adabiyoti bo'limiga o'qishga kirdim. Keyinchalik Istambuldagi Marmara Universitetining "Turk tili" bo'limida masterimni tamomladim. Bugungacha turli soxalarda ishladim, hozir esa farzandim Abdulaziz Ensarni tarbiyasi bilan mashg'ulmanMAHDIYAH:Assalamu alaykum!
Ansora: Vaalaykum assalom!
MAHDIYAH: Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgansiz?
Ansora: Bolaligimda avvalo doktor- jarroh bolishni judayam xohlardim. Uydagilaram xursand bolishgan, lekin keyinchalik qiz bola doktorlikka kamida 10 yil o’qib nima qiladi, deb qolishdi, shunga keyinchalik dorishunoslikka o’zgartirdim orzuyimni. Keyin esa jurnalist bo’lsammi, deb o’ylab qoldim, rahmatli o’qituvchi otam, ayol kishi uchun qiyin jurnalistlik, degandilar. Ohiri o’qituvchi bo’lishga qaror berdim, sinf rahbarimiz Mubina opa sabab bo’lganlar bunga. Ularni judayam yaxshi ko’rardim.
MAHDIYAH: Maktabda aynan qaysi fanlarni juda yaxshi ko’rib o’qigansiz?
Ansora: Maktabda butun fanlarni yaxshi ko’rardim, faqat algebrada qiynalardim, onam matematika o’qituvchisi bo’lganliklari uchun ulardan ko’p yordam sorardim. Bir narsani aniq aytishim mumkin: qaysi o’qituvchini yaxshi ko’rsam, uning fanini ham yaxshi ko’rgan ekanman
algebra o’qituvchimiz qilichdan qon oqadigan ayol edi, rahmatli bo’libdi o’tgan yillarda, lekin bizni ancha dilimizni og’rtigandi, rahmatlik. Adabiyotni judayam yaxshi ko’rardim, fizikani hayratlar ichida o’qirdim, botanika fani jonu dilim edi, rasm esa, rasm yaxshi chizganim uchunmi judayam yaxshi ko’rgan fanlarimdan biri edi, jismoniy tarbiyadan doimo maqtov olardim, bunga sabab akam bilan birga butun mashqlarni bajarib, o’zimni chiniqtirganim bo’lsa kerak. Yana maqtanchoq, demanglaru, lekin butun darslardan yaxshi baho olardim
MAHDIYAH: Qizlik oilangiz haqida biroz gapirib bersangiz.
Ansora: Oilada 6 farzandmiz, dadam Toshkentda o’qiganlar suv hojaligi boyicha, shungami, Toshkentni judayam yaxshi ko’rardilar, bizni judayam ko’p oynatgani olib borardilar Toshkentga, 3-4 kunlik tatilda ham erinmay olib borib, kelardilar. Onam ham fizika matematika o’qituvchisilar, lekin ishlay olmaganlar kop, asosan 6 farzandning tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lganlar, keyinchalik 30 yoshlaridan keyin diniy ilm ola boshlaganlar, ilk namoz, Qur’on bilan tanishtirgan inson ham onamlar.
4 qizning kattasiman, singillarim bilan aloqalarimiz doimo dostona bo’lgan, ularni oynatardim, ularga har xil ashula aytardim, multfilmlardagi qahramonlarni ovozlarini o’hshatib berardim. Dalalarda ozmi kulishdik, ozmi birga o’ynab kulib paxta terdik. Ozmi tarvuz topib olib xursand bo’ldik, ozmi ilon ko’rib qochdik. Akam va ukam bilan ham munosabatlarimiz doimo yaqin bo’lgan shukr. Akam bilan bolaligimizda bazan urishib turardik, lekin men arazlashni yomon ko’rganim uchun darrov yarashardik, ukam esa o’zim kotarib katta qilganim, jigarim. Kozlarim toldi, bu safar uyga borganda kora olmadim, 7 yil bo’ladi ko’rmaganimga
MAHDIYAH: Otangizdan qanday xislatlar, onangizdan qanday xislatlar sizga o'tgan deb o'ylaysiz, umuman xarakter jihatidan qanday odamsiz?
Ansora: Dadam tezda jahli chiqib, tezda "so'nadigan" odam, shu fellari menga aynan o’tgan
tez kirishib ketishlari, har xil yoshdagi insonlar bilan yaxshi munosabatda bolishlarini ham o’zimda ko’raman, yosh tanlamayman, hamma bilan chiqishib ketaveraman. Onam judayam og’ir bosiqlar, mehribon inson, lekin haqsizlikka aslo chiday olmaydilar, haqlarini oladilar, hech bo’lmasa aytadilar. Shu fellari o’tganmi bilmadim, men ham indamay turaman, turaman, ohiri bolmasa aytaman, qo’yaman. Adolatsizlikka aslo chiday olmayman men ham. Keyin ko’pchilikni o’ylab, istihola qilib, menga nima, degan narsalarini men aytaman, shuning uchun doimo tayoq meni boshimda sinadi
Xarakterimni bazan umuman yoqtirmayman, chunki meni hafa qilgan odamdan ham arazlay olmayman, chiday olmayman g’alati qarashlarga, kel yarashaylik, deyman doimo. Yig’loqiman, bazan oddiy narsalarga ham yig’layveraman, ko’zimda doimo 2 tomchi yoshim tayyor turadi. Albatta inson bolasi ilk kunda qanday bolsa shunday turmaydi, sharoitlar uni o’zgarishiga sabab bo’ladi, bolaligimizda qanchalik og’iz ochiq bolsam, qiyinchilik koraverib, hozir haqqimni oladigan bolganman
MAHDIYAH: Demak bolaligingizda yuvosh xozir qattiqroqmisiz?
Ansora: Bolaligimda ham qattiq edim kerak bolganda, lekin uni aytgani kuch topa olamaganman, ko’p ezilganman, keyinchalik aytishni o’rgandim
MAHDIYAH: Deylik jaxlingiz chiqib, hech narsa yoqmayabdi, nima sizni darrov tinchlantirishi mumkin? Umuman tez jaxli chiqadiganlar toifasidanmisiz?
Ansora: Tezda chora korish, tez harakatga o’tish, tezda aytish meni tinchlantiradi. Ayniqsa yaqinlarimga qilingan yomon harakat, gap so’zlar tezda jahlimni chiqaradi, ilgari aytgandim men opa edim, 3 singlim va ukamni qo’rish meni vazifam edi, shungami haliyam yaqinlarimni qo’riqlash meni vazifamday goyo. O’tgan yillarda facebookda ho’jayinimni kursdoshi ularni uniformalariga gap qilibdi, men o’qib qoldim. Darrov xat yozdim, kechirasan, sen ustidan kulgan bu uniformani tashish qanchalik sharaf bilasanmi, bu uniformada kunda necha polis shahidlik martabasiga yuksalyabdi, deb....bilaman aralashim kerak emasdi, lekin chiday olmayman
qo’limda emas
MAHDIYAH: O’zingizga ta’rif berish kerak bo’lsa qanday ta’rif bergan bo’lardingiz?
Ansora: 1. Vatanini, oilasini, yaqinlarini sevuvchi, ular uchun jon kuydiruvchi; 2 Bazan sabrsiz, bazan esa sabrli (dastgoh ishida o’zim ham hayron qoldim) 3. Bazan jiddiy bolmagan sabablarga ham yig’laydigan. 4 Ilmga intiladigan, har kuni bir narsa o’rganishga intiladigan, ilm yo’lidagi insonlarni judayam xurmat qiladigan. 4 Haqsizlikka chiday olmaydigan.
MAHDIYAH: "œQiz bolani chin do’sti bo’lmaydi" degan gap bor, bu fikrga qanday qaraysiz?
Ansora: Qiz yoki erkak albatta do’sti boladi, bu har ikki tarafga bog’liq. Qiz bola bir kun turmushga chiqadi, eski uyi, do’stlaridan uzoqlashadi, oila, yaqinlari tashvishi bilan do’stiga vaqt ajratishi qiyinlashadi, bazan erlar ruhsat bermaydi eski do’stlar bilan judayam yaqin bolishiga.
Lekin eng boshdan do’st tanlashda aqli bolish kerak, bazi insonlar bor, do’stim, degan insondan faqat foydasi bo’lgani uchungina birga. Shunday hollarda bir taraf faqat foyda ko’radi holos, narigi taraf esa fidokorlik qilaveradi...Meniyam chin do’stlarim bor, ulardan xabar ololmagan vaqtim (masalan smslarimga javob yoq, toki men telefon qilmagunimcha:) ) xayolan suhbat quraman ular bilan, eski kunlarimni yodi bilan yashayman, bu ham bo’lsa xursand bo’lishimga yetadi albatta