Yana birgamiz hojam.Amina mnei qo’ymay uyida olib qoldi. Chag’dash bilan bo’lgan mojaroni hech kimga aytmaganini va aytmasligini tushuntirdi. Shunday qildi ham. Haligacha o’sha falokatni hech kim bilmadi, demak, durust qiz, bergan so’zida turdi. Boshqa tengdoshlar bilsa bormi,allaqachon tillarda doston bo’lardik. Mana dindorlarning qadrli tomonlari. Hech bo’lmasa aytgan so’zlarida turadilar. Biz esa"¦U yog’ini aytmay qo’ya qolay.
Yana uzoqlashdim shundaymi?Azoblarim meni o’ngu so’lga tortadi. Toygan mavzular emas, aqlim. Dunyoyim chigal, hayotim past, balandliklarga to’la. Yurishni bilmagan odamdek no’noqman. Nima qilay qo’limda emas"¦
Dugonam va dadasi meni qutqarmoqchi.
Aminaning ota-onasi meni juda yahshi kutib olishdi. Pokiza bir xonadon. Har tarafdan huzurbaxsh. Baqirib-chaqirish, kufr, hiyonat va tuzoqlar yo’q. Bu yerda o’zimning juda ishonchli qo’llarda ekanimni his qildim. Onasi meni mehr bilan quchib:"Xush keliding, qizim", deya o’par ekan, onamni esladim. Agar hayot bo’lganlarida edi, u ham mening yo’limni poylar, u ham menga ovqatlar tayorlar va meni ostonada qarshilar edi. Uning qaynoq quchog’ida yotolmadim. Yonoqlarim mehr to’la dudoqlarini ko’rolmadi. Oh, onam! Qaniydi tirik bo’lsangiz"¦Menga bir martagina "œQizim, bolajonginam" desangiz yetardi"¦.Bu ovozni eshitolmay, qanchalar
hasratdaligimni bilsangiz edi"¦
Ona, o’ylamaki, kunlar o’tdi deb,
O’zgardi avvalgi hissim tobora!
Sendan umiddaman,sog’indim yana,
Bugun shfqatingga, muhabbatingga
Ehtiyoji yo’q, deb o’ylayapsanmi?
Balki avvalgidan ko’proq muhrojman!
Ul bokira sevging xotiramdayu
Har kecha yig’lagan dudoqlarimda.
Qanday tark etildim, qanday tashlandim!
Ona men aldandim, og’ir aldandim,
Yolg’iz u quchoqmish,yolg’iz u tizzamish,
Insonlar qanchalar marhamatsiz-a"¦