Tarixda tilga olingan qal`a devorlari xozirgi Mingtepa vayronasi bo`lib, u to`rt burchak shaklidadir. Mingtepa ichida yakka tepa ham mavjud. Uni Ershi shahri xarobasi taxmin qilinadi.
Tumanimizdagi T. Mirzayev nomli jamoa xo`jaligi xududida joylashgan Lo`mbitepa yodgorligida qazish ishlarini olib borgan qadimshunoslar VI-VII asrga oid qadimiy xumchani topib oladilar. Topilmaning boshqa xumchalardan farqi shundaki, buning bandida ajoyib bitik yozilgan. Unda, olimlarning fikricha, bu bitik xozirgacha turkiy bitiklari ichida eng qadimiysi deb hisoblangan. O`rxun — Enasoy bitiklaridan ham bir-ikki asrga qadimiyroqdir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, xozirgi Marhamat tumani joylashgan xudud eng qadimiy turkiy davlatlardan birining markazi bo`lgan. Chunki bu xududda Lo`mbitepa yodgorliklaridan tashqari, xali o`rganishga muxtoj turgan Mingtepa, Jingirtepa, Qo`rg`ontepa, Alitepa, Bo`rontepa, Yo`lbars tepa va boshqa yodgorliklarning jug`rofik xolatiga e`tibor berilsa, ular asosan katta karvon hozirgi O`sh-Farg`ona yo`liga joylashgan.
Tuman joylashgan vodiyning tabiati, ayniqsa fasllari har qanday kishini maftun qiladi.
"¦ Qish chiqib, bahor boshlanishi bilan hayot yana o`zgacha xukm suradi. O`sha qiyaliklar o`ziga xos baliq sirtiga o`xshash yassi tekisliklarda er betiga chiqayotgan turli giyoxlar hali issiqlik haroratini olamga to`liq tarata olmayotgan quyoshning zarrin nurlarini intiqlik bilan kutardilar. Qurt-qumursqalarning harakatlari, o`z uyalaridan boshlarini shudakkina chiqarib, biroz turib, yana ichkariga kirib ketishlari ham havoning ancha sovuqligidan dalolat berib turardi. Borki mavjudot tezroq yorug` dunyoni ko`rishdek, sof havodan nafas olib, tirikchiligini boshlashga intilardi. Tabiat esa saxiy. Xar bir jonivor uchun yetarli rizqu-ro`z, nasibasini berishga, xoziru-nazir, faqat mehnatiga qarab ulashadi, xolos. Birovning rizqiga ko`z olaytirgan, yalqovlik qilganlarga esa ozroq, eng yomonini qoldiradi.
Mana bahor xam keldi. U o`zining chechak seplarini borliqqa yoya boshladi. Bolalar mol-qo`ylarni kichik yaylovga olib chiqa boshladilar. Bolalik xech qachon qaytib kelmaydi. Bir dona qurtobimni, sho`rdanak yoki o`rik qoqimni, quyinki bitta kulchani ulashib eyishadi. O`sha kezlari nonni ariqdagi oqayotgan suvga ivitib eyishaverardilar yoki dum tushib, ariqdagi suvni yosh toychoqdek shimirishardi. Bundan xech kimni qorni xam og`rib qo`ymasdi. Chunki ariqdagi suvga xech kim, xech qachon axlat-uxlatni tashlamasdi. Iflos suvlarni ham to`kishmasdi. Xar kimning uyida iflos narsalarning to`kadigan o`ralari bo`lardi-da!
Birovning ustidan birov tekshirmasdi. Xamma o`zining ishini bilib qilardi. Insof, iymon, diyonat degan narsalarga hamma e`tiqod bilan qarardi. Bedilning ta`biri bilan aytganda, «Borliq olamning tojidir». O`sha tojni avaylab, asrab saqlaydigan uning kadriga etadigan mexridaryo kishilar ko`pchilikni tashkil etar edi. Bunga xatto bolalar ham e`tibor qilishgan.