Qaynonaning vazifasi.
Shunday onalar borki, o'zi bilmay turib o'g'lini qiynab qo'yadi. Vaholanki, u o'g'lini yahshi ko'radi, saodatini istaydi, jon-jahdi bilan o'g'lini uylantirishni hohlaydi, sovchilik ham qiladi. Biroq, uning noto'g'ri amallari o'g'liga va o'ziga zarar keltiradi. Chunki, o'g'il uylangach, onasi o'zini o'g'lidan ajralib qolgandek his qiladi, o'g'lini o'ziga qaytarishni istab qoladi. Va o'z-o'zidan keliniga dushman bo'lib qoladi, unga qarshi ish qila boshlaydi,"undan zo'rini topib beraman', degan gaplarni aytadi, garchi kelini go'zal va axloqli bo'lsa ham.
Yana shunday onalar borki, o'g'li kelini bilan baxtli bo'lsa yoki zavjasi o'g'lini juda sevishini bilsa, qalbida rashk o'ti yonadi va ko'pincha yomon oqibatlarga olib keladigan harakatlarga qo'l uradi.
Kelini bilan kelisha olmagach, uning ayblarini qidiradi, yahshi taraflarini yashiradi, tuhmatlar qiladi, yomon voqealarni tilga olaveradi, o'tgan gaplarni qo'zg'ayveradi.
Ey munis ona! Ey o'g'lini yahshi ko'ruvchi, o'g'liga baxt tilovchi dono ayol! Buzg'unchi bo'lma. Oiangni yondiradigan olovni yoqma. Tinch-osuda hayotingni zaharga aylantiradigan vahimali hayollarga berilma. Kelining bilan san-manga borma, unga ona bo'l, u senga qizlik qiladi. Uni yahshi ko'r va undan o'tgan hatoliklarni ko'rmaganga ol. Agar ko'rsang ham, shirin nasihat bilan unga o'rgat. Shunda ikkalangizga ham yahshi bo'ladi. Unga hadyalar berib ko'nglini ol. Unga keng qalbing bilan, cheksiz mehring bilan, xolis duolaring bilan yordam ber. Alloh o'zi seni qo'llaydi va senga o'z lutfi bilan madad beradi.