Ushbu mashqni forumdoshlar takliflariga ko’ra tayyorladik.
Demak ushbu mashqda, Photoshop dasturida obyektda soya tasvirlashni o’rganamiz.
Soya hosil qilish Photoshop dasturida juda ham oson ish desam ishonmasligingiz mumkin, lekin bu mashqda bunga o’zingiz ishonch hosil qilasiz"¦.
1. Avvalo Photoshop dasturini ishga tushiramiz. (Hammaga CS4 paketni tavsiya qilaman.)
2. Menyudan
File > Open (Ctrl+O) buyrug’ini tanlaymiz va xohlagan rasmni tanlaymiz yoki mana bu
linkdan men tanlagan rasmni olishingiz mumkin.
3. Endi
Layers oynasini ko’zdan kechiramiz, bizda
"œBackground" nomli qavat (layer) hosil bo’ladi:
4. Asboblar qatoridan
Quick Selection W asbobini tanlaymiz:
Ushbu asbob yordamida oynamiz oq joyini bir marta bosamiz va bizda mana bunday natja hosil bo’ladi:
5. Kitob rasmini oq fondan ajratib olish uchun
Ctrl+Shift+I tugmalarini bosamiz va bizda mana bunday ko’rinish hosil bo’ladi:
6. Endi kitobni o’zini yangi qavat (layer)ga ko’chirib olish uchun
Ctrl+J tugmalarini bosamiz va bizda yangi kitobli qavat hosil bo’ladi:
7. Ushbu qavat(layer) ustiga s
ichqonchamiz chap tugmasini ikki marta bosamiz va bizda yangi oyna chiqadi:
Buyerdan
Drop Shadow ustiga bir marta bosamiz va bizda mana bunday natija hosil bo’lishi kerak:
8. Endi ana shu holatda, tezda, kitob ustiga sichqonchamiz ko’rsatkichini olib boramiz va kitob ustiga
sichqonchamiz chap tugmasini bosgan holatda sal pastroqqa va chap tomonga siljitamiz va
Drop shadow oynasidan
size-15px ga o’zgartiramiz:
Va
OK tugmasini bosamiz.
Ko’rib turganimizdek kitobda soya hosil bo’ldi"¦.