UMAR IBN ALХATTOB RAZIYALLOHU ANHUNING MANOQIBLARI (MAQTOVGA SAZOVOR SIFATLARI VA AMALI SOLIHLARI) XUSUSIDA
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men tushimda jannatga kirganimni kurdim. Qarasam, qarshimda Abu Тalhaning xotini Rumayso’ («Rumayso’» ushal xotinning laqabi bulib, uning mijjalarida doimo yirishta uxshash modda tuplanib turgan) turibdi. Shu asnoda ohista qadam tovushi qulog’imga chalindi. «Kim bu?» — dedim. (Farishta): «Bu Biloldur», — dedi. (Balvsi, Hazrat Bilolning uzlari: «Bu men, Bilolman»— deb aytgan bo’lishlari ham mumkin). Keyin, men (jannatda) bir (muhtasham) qasrni kurdim, uning hovlisida bir yesh qiz turgan erdi. «Bu (qasr) kimniki?» — dedim. (Farishta): «Umarniki», — dedi. Keyin, men qasrga kirib, uni tamosho qilmoqchi buldimu, ammo sening (ya’ni, Umarning) rashkchi erkanligingni eslab, (kirmadim)», — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, otaonam sizga fido bulsinlar, sizdan rashk qilamanmi?!» — dedilar». Bu yerda Abu Hurayra raziyallohu anhu shu mazmundagi bir hadisni rivoyat qilganlar. Hamza otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yetganimda (ya’ni, tushimda) sut ichdim, hatto uning tirnoqlarim atroflaridan oqib chiqayetganini ko’rdim. Sung, ortib qolganini Umar ibn alХattobga berdim», — dedilar. Shunda (sahobalar): «Buni nimaga yo’ydingiz, ye Rasulalloh?» — deyishdi. Ul zot: «Ilmga», — dedilar». Bu yerda Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Janob Rasulullohning Hazrat Abu Bakr va Umar birlan birga qudukdan suv tortib olishgani xususidagi tushlarini takroran rivoyat qilganlar.