Assalomu alaykum!
Ko'pchiligimiz hobbi sifatida suratga tushirishni yoqtiramiz. ba'zida shunday suratlar bo'ladiki, uni boshqalarga ham ravo ko'rgingiz keladi.
Ushbu mavzuda o'zimiz tushirgan ana shunday ajoyib fotolarni taqdim etamiz.
Mavzu shartlari:1. Kiritayotgan fotoni o'zingiz tushirgan bo'lishingiz kerak. Internetdan ko'chirib, forumda chop etish taqiqlanadi.
2. O'zingiz, do'stingiz yoxud dugonangizning portret suratlarini berish taqiqlanadi.
3. Ochiq-sochiq, insonlarni gunohga chorlovchi rasmlar qat'iyan taqiqlanadi.
4. Agar bolalarning rasmlarini tadim etsangiz, ularning yaqinlaridan ruxsat olish talab qilinadi.
5. Do'stingiz tushirgan fotolardan ham foydalansangiz bo'ladi. Bunda suratni kim tushirganini yozsih shart.
6. Har bir suratga yoki suratlar guruhiga mos ta'rif berish ma'qul.
Mavzu chiroyli yuritilishi uchun ba'zi talablar:1. Rasmning tiniqligiga e'tibor bering.
2. Rasm formati 500X375 bo'lmog'i maqsadga muvofiq, shunda rasmlar tezroq ochiladi.
3. rasm chetiga uning muallifini yozish mumkin.
Forumga rasm qanday joylanadi?1. Bunda siz
http://imageshach.us http://photobucket.com www.radikal.ru xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
2. Bu kabi xizmatlarda rasmni upload qilganingizdan so'ng, sizga forumga joylash uchun link beradi, shu linkni forumga kiritasiz.
3. Agar qandaydir mummolar bo'lsa, menga
[email protected] manzili orqali rasmni jo'natsangiz, men rasmni upload qilib sizga kodlarini jo'nataman.