"G'ariblarga jannat bo’lsin.."
Gariblarga jannat bo’lsin,deya so’zim boshladim.
O’zi garib so’zi nima,bilasanmi ey do’stim?!
Garib ulkim oshiqlarni,Yor ishqida kuygani,
Aqlu hushdan ayrilib u,visol kunni kutgani.
Olib ilmu-ma’rifatni,Yor amriga ergashgan,
Ahliyu farzandlar esa,Yor yo’liga yurmagan.
Har bir kishi mas’uldirki,qo’l ostida bo’lganlarga,
Har inson ham javobgardir,hisob border Haq oldida.
Gariblikda do’st qidirib,do’stlar ichra yolgiz qolgan,
Do’stlarini ko’z o’ngida,majnun kabi bo’lib qolgan.
Ul mo’minki ko’ksi yongan,ko’z yoshlari marjon bo’lgan,
Aybi Yorni qattiq suygan,do’stlar undan bezor bo’lgan.
Mayusgina ko’zlariki,gam-gussadan giryon bo’lgan,
Mehriboni ota-ona,hidoyatdan mahrum bo’lgan.
Yaqinlari orasida yo’ldosh topmagan muslima,
Yor yo’lida sadoqatla,garib bo’lgan muslima.
Ko’zlarida yosh tong otar,qo’l ko’tarib duo qilgan,
Sohibu farzandlar haqqiga,tinmay hidoyat so’ragan.
Yor so’zini uqtirolmay,nochorlikdan rangu so’ngan,
Osiyo onamiz kabi,mo’minadir garib bo’lgan.
Hidoyatda magrur turgan,navqiron kuchga to’lgan,
Tengqurlari orasida Haqqa hidoyat qilingan.
Yosh bo’lsa ham olim bo’lib,Yorning nazarida bo’lgan,
Biroq o’z uyiga sigmas,o’z uyida garib bo’lgan.
Insonlarga rahmi kelgan,ulug kunning dahshatidan,
Insonlarchi nafrat qilgan,hidoyatdan yuz o’girgan.
Toif shahridan Rosul(sav)ni,toshbo’ronla quvib slogan,
Tanlaridan oqqan qonga,kavushlari qancha to’lgan.
Shunda hamki Rosululloh(sav) jabroilga quloq solmay,
Duo qilib Toif xalqin,hidoyatni so’radilar.
Gariblarning duosi albat Haqdan qabul bo’lgay,
Muhabbatning alomati duolarida bilingay.
Qancha qancha sahobayu ahllari duo qilgan,
Duolarin iobati voqelikda sodir bo’lgan.
Bu zotlarni yaxshi ko’rib,yo’larini mahkam tutgan,
El ichida garib bo’lib,aksar odam yomon ko’rgan.
Vaqti kelib mo’minman deb,iymonida da’vo qilgan,
Davogarga ustoz bo’ldi,garib o’tgan ulug zotlar.
Lek garibdir ayni paytda,da’vogarning qo’l ostida,
Tamomila mahrum bo’ldi,chin insonlar insonlikdan.
O’tmish yana takror bo’lgay,chin insonlar garib bo’lgay
Yo Rabb dardim senga aytay,sabriy quling ado bo’lgay.
Yosh nihollar oyoq osti suv berilmay,o’git bermay,
Rahmat suving so’ragayman,gariblarga jannat bo’lsin.
**********
Ayollar ham turlicha bo'ladilar:
Ayollar borki-sahobiyyalarga ergashadilar.
Ayollar borki-san'atkor,ashulachilarga ergashadilar.
Ayollar borki-hayo libosi bilan kiyinganlar.
Ayollar borki-fitna va ziynat libosi bilan kiyinganlar.
Ayollar borki-musulmonlar ahvoliga yiglaydilar.
Ayollar borki-dunyo hodisalariga yiglaydilar.
Allohim opa singillarimizni,qizlarimizni,onalarimizni va jamiki ayollarimizni qalblarini O'zingni toatingda sobit qilgin.
( Humayro Sayyida)