O'zbek xalq maqollari  ( 337592 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:05:27

Beshikdagi besh turlanar,
qayoqqa bursang, shunga o'rganar.

* * *

Yo'rg'a minsang ham, yo'ldoshli bo'l.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:05:33

Yo'rg'a mingan yo'ldoshidan ayrilar,
Ko'p yashagan qurdoshidan ayrilar.

* * *

Yo'rg'alikka yo'ldosh bo'lma.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:05:39

Olis yo'l otni sinar,
Og'ir yo'l mardni sinar.

* * *

Sipohi bilan do'st bo'lma,
Yomon bilan - yo'ldosh.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:05:45

Yurgan daryo, o'tirgan - bo'yra.

* * *

Yurgan oyoq yo'l topar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:05:52

Yurgan oyoqqa yo'rg'a yo'liqar.

* * *

Yurganing yo'li ko'payar,
O'tirganing - uyi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:06:01

Yurganing yo'li o'tar,
O'tirganing kuni o'tar.

* * *

Yurishdan avval yo'l ahtar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:06:07

Yaxshi yo'lda yo'ldosh ko'p.

* * *

Yaxshi yo'ldosh yo'lga boshlar.
Yomon yo'ldosh yo'lga tashlar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:06:20

Yaxshi libos - oroyish,
Yaxshi yo'ldosh - osoyish.

* * *

Ham sayohat, ham tijorat.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:06:28

Hunar bilgan och qolmas,
Yo'l tanigan kech qolmas.

* * *

Yo'rg'a mingan yo'ldoshidan ayrilar,
Ko'p yashagan qurdoshidan ayrilar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:06:36

Yurgan yo'l kezar,
O'tirgan yer chizar.

* * *

Yurgan yo'ldan topadi,
O'tirgan qaydan topadi.

Qayd etilgan