O'zbek xalq maqollari  ( 337572 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:06:42

Yurgan oyoq yo'l topar.

* * *

Hunar bilgan och qolmas
Yo'l tanlagan kech qolmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:06:51

Bir qiz erga tegsa ,
Qirq qiz tush korarmish.

* * *

Birini bergan yuzni ham berar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:06:59

Birni eksang, o'nni olasan.

* * *

Bu yil izi bo'lsa,
Kelar yil qo'yning o'zi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:07:12

Bugun - yupun , ertaga - butun.

* * *

Vodiy suvi kechiksiz bo'lmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:07:20

Gado bir kechada necha boyir.

* * *

Dard bergan Ollohim davosin ham berar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:07:29

Dard boshqa, ajal - boshqa.

* * *

Daryo baliqsiz bo'lmas,
Tog' - kiyiksiz.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:07:36

Yov ketsa, yovin ochilar.

* * *

Yozga chiqsang, jon o'lmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:07:43

Yomon kun yaxshi bo'lar,
Yomon odam yaxshi bo'lmas.

* * *

Yomon kun yaxshi bo'lar,
Uyalmagan baxshi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:07:49

Yotib qolguncha otib qol.

* * *

Ikki orzu bir topilmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:07:59

Kuldan tepa bo'lmas,
Qumdan qo'rg'on.

* * *

Ko'rning tilagi - ikki ko'z.

Qayd etilgan