Sahobalar biror ayol beva qolsa, u yoshmi yo qari, albatta unga uylanishgan.
Uni ko'p muddat yolg'iz qolishini istashmagan.
Chunki yolg'iz qolgan ayol, uni ustiga bolalari bo'lsa qiyin axvolda qoladi.
Chunki ayol tabiatan nozik xilqat, oilani tebratish-boqish esa erkak kishining ishidir. Ayol esa uyda farzandlar tarbiyasi ila mashg'ul bo'lgani maqul.
Imom ibn Ahmad Hanbal qilgan rivoyatda Ummu Salama r.a.quyidagilarni aytadi:
"Bir kuni Abu Salama Payg'ambar alayhissalomning huzurlaridan keldi-da, Payg'ambar alayhissalomdan ir gap eshitib juda hursand bo'ldim, u kishi:
"Musulmonlardan biriga musibat yetganda istirjo' aytsa va so'ngra "Allohumma ajirni fi musiybati vaxful li xoyrom minha" (ma'nosi: "Ey Alloh, menga musibatimda ajr bergin va uning o'rniga yaxshirog'ini bergin") desa, aytgani bo'ladi", dedilar deb aytdi.
Bularni men yodlab oldim. Abu Salama vafot etganida, istirjo' aytdim va haligi duo o'qidim. So'ngra o'zimcha, menga Abu Salamadn yaxshiroq er qayda, dedim.
Iddam chiqqanidan so'ng Rasululloh kelib kirishga izn so'radilar. Teri oshlab o'tirgan edim, qo'limni yuvib, kirishlariga izn berdim. U kishiga ichiga xurmoning yumshoq qobig'i to'latilgan teri yostiq berdim. O'tirganlardan so'ng, menga uylanmoqchi ekanliklarini aytdilar. U kishi gaplarini tugatgach, men:
Ey Allohning Rasuli, sizga rag'bat qilmasligim mumkin emas, lekin men juda rashkchi ayolman, sizga yoqmaydigan narsa menda sodir bo'lib, Allohning azobiga duchor bo'lmay, deb qo'rqaman. So’ngra yoshim kata bo’lib qoldi, buning ustiga bolalarim bor", dedim.
Rasululloh alayhissalom:
"œSen aytgan rashkni Alloh tezda ketkazadi. Yosh to’g’risida gapirsang mening ham yoshim bir yerga borib qoldi. Bolalaring bo’lsa, ular mening ham bolalarim", dedilar.
Alloh menga Abu Salamaning o’rniga undan yaxshi zotni — Rasulullohni berdi.
"œHadis va hayot" 25 juz