Menimcha, Mavzu va sahifalarning ko'p bo'lishi emas, bizning har bir gapdan qanchalik ta'sirlanib, hayotimizga tadbiq etishimiz muhimroq. Har bir gap, har bir jumlani ustida yaxshilab o'ylaylik. Birgina Fotiha surasidagi:
"Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so‘raymiz", oyatini olib qarasak, kunda 5 vaqt 40 rakat namoz o'qiydigan bo'lsak, necha marta Fotiha surasini va aynan bu oyatni o'qiymiz. Vaqti kelganda biz ham "tanish-bilish" ishlatmayabmizmi, bazi insonlarimiz esa moddiy narsalarning hayotlarini yengillatganini o'ylashmayabdimi? İlgari Mustaqillikdan oldin na Qur'on nada diniy kitob topilardi. Endi esa serobchiliki bir paytlar ayam aytgandilar, bollarim diniy kitoblardan o'qinglar va uqinglar, Alloh bularni so'raydi.
Naqshibandiy Hazratlaridan "İymonimni kuchaytirish uchun nima qilay", deb so'raganlarida bergan javoblaridan biri shu ekan: "Namozda o'qigan suralaringni tushunib o'qi". Namoz suralarining ma'nolarini yodlashdan boshlasak ham bo'ladi. Saytda Qur'on qidirar ekanman, juda ko'p mavzu va ma'lumot ko'rdim. Menimcha "chang bosib yotmayabdi, o'qilyabdi, Jamshidjon siz hotirjam bo'ling:)