Savol: — Nega?
Javob: — Hammod menga quyidagi qissani so‘zlab bergan edi: Horis ibn Molik birodarlari Maoz ibn Jabal al-Ansoriy bilan birga edilar. Maoz ibn Jabalning jon taslim qilayotganlarini ko‘rgan Horis ibn Molik yig‘ladilar. Ko‘z yoshini ko‘rgan Maoz: seni nima yig‘latyapti, ey Horis, dedilar. U: meni sizning vafot etayotganingiz yig‘latayotgani yo‘q. Chunki, u oxirat siz uchun bu dunyodan ko‘ra afzalroqdir. Meni yig‘latayotgan narsa sizdan keyin bizga kim muallimlik qiladi, degan savoldir, dedi. Boshqa bir rivoyatda: sizdan keyin olim odam kim bo‘ladi, degan savol meni yig‘latmoqda, dedilar. Shunda Maoz: sabr qil, mendan so‘ng Abdulloh ibn Mas’udning etagidan mahkam ushlanglar, dedilar. Menga biror narsani nasihat qiling, dedi Horis. Maoz ibn Jabal Alloh imkon berganicha pandu nasihat qilganlaridan so‘ng: olimning xatosidan saqlaninglar, deb jon taslim qildilar.
Maoz ibn Jabal vafotidan keyin Horis Kufaga, Abdulloh ibn Mas’ud huzurlariga bordilar. Shu vaqt namozga azon aytila boshladi. Horis masjidda o‘tirganlarga: azon ovozini eshitgan har bir mo‘min azonga javob berishi vojibdir, o‘rningizdan turinglar, dedi. Odamlar unga qarab: sen mo‘minmisan, deyishdi. U: ha, men mo‘minman, deb javob qildi. Odamlar uni ayblashdi. Abdulloh ibn Mas’ud chiqqanlarida, unga bo‘lgan voqea so‘zlab berildi. Abdulloh ibn Mas’ud ham Horisga ular aytganlarini aytdilar. Horis boshini egdi va yig‘lab Alloh taolo Maozni rahmatiga olsin, dedi. So‘ng uning xabarini yetkazdi."
So‘ng Abdulloh ibn Mas’ud bilan Horis ibn Molik o‘rtalarida ushbu suhbat bo‘lib o‘tgan ekan: - Sen haqiqiy mo‘minmisan? -- dedilar.
Horis: — Ha, men haqiqiy mo‘minman.
Abdulloh: — Sen o‘zingni ahli Jannatdanman, deysanmi?
Horis: — Maozni Alloh rahmat qilsin, u menga olimning xatosidan saqlanishni, munofiqning hukmini e’tiborga olmaslikni vasiyat qilgan.
Abdulloh: — Biror xato ko‘rdingmi?
Horis: — Senga Alloh nomi bilan qasam ichamanki, Payg‘ambarimiz alayhissalom hayot bo‘lganlarida odamlar uch toifa: ichida ham, tashida ham mo‘min bo‘lgan; ichida ham, tashida ham kofir bo‘lgan; ichida munofiq bo‘lgan, emasmidi? Sen bu uch toifaning qaysi biridansan?
Abdulloh: — Sen menga Alloh taolo nomi bilan qasam ichsang, men ichimdan ham, tashimdan ham haqiqiy mo‘min-man.
Horis: -- Nega bo‘lmasa, men haqiqiy mo‘minman, desam, menga dashnom berding?
Abdulloh: — Bu mening nuqsonim, uni mening ichimga ko‘mib yuboringlar. Alloh Maoz ibn Jabalni o‘z rahmatiga olsin!
(Abdulloh ibn Mas’ud va Horis ibn Molik o‘rtalaridagi suhbat tugadi.)