3.Ibrohim a.s. o'g'li Ismoil a.s.
Insoniyat tarixida ota-onaga itoat borasidagi eng go'zal namuna egasi bo'lgan otasi unga:
Ey o'g'ilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so'yayotganimni ko'rmoqdaman".
(Vas-soffat surasi, 102-oyati), deganida bu solih o'g'il qarshi chiqmadi. Qo'rqmadi, paysalga solmadi, hatto ikkilanmadi ham. Aksincha, Alloh taolo bizga xabar berganidek:
Ey otajon, Senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshaalloh, meni sabr qilguvchi ekanimni toparsan".
(Vas-soffat surasi, 102-oyati) dedi.
Naql qilinishicha, Ibrohim a.s.ga tushida ayon bo'lgach, o'g'liga:"Ey o'g'lim, arqon va pichoqni ol. Daraga borib o'tin kesib kelamiz", dedilar. Manzilga yetgach, nima qilmoqchi ekanini aytadilar. Ismoil a.s:"Ey, otajon,Meni qattiqroq bog'lang, qinalmayin. Kiyimingizni ehtiyot qiling, qonim tegib onamning ko'zi tushmasin. Menga oson bo'lsin desangiz pichoqni yahshilab o'tkirlang va bo'g'zimdan tez yurgizing. Onamga mendan salom ayting!", dedilar. Shunda Ibrohim a.s:Sen ajoyib yordamchisan", dedilar va yig'lab bag'rilariga bosdilar. So'ng bo'g'ziga pichoq tortdilar, lekin u kesmadi. Tosh bilan ikki-uch bora o'tkirlasalar ham kesmadi. Shunda o'g'il:"Ey ota, yuzimni pastga qaratib yotqizing. Yuzimga qaraganingizda rahmingiz kelib, Allohning buyrug'ini bajarishga to'sqinlik qilyapti. Men ham pichoqni ko'rmayin bezovta bo'lyapman", dedi. Ibrohim a.s. shunday qildilar va pichoqni bo'g'ziga qo'ydilar. Shunda birdan pichoq tushib ketdi, nido qilindi:
Ey Ibrohim! Darhaqiqat, sen ko'rgan tushingni rost bajo qilding".
(Vas-soffat surasi, 104-105 oyatlari)
4. Iyso ibn Maryamga va uning onasiga salomlar bo'lsin. U zot beshikligidayoq onasini o'ylagan i va buni Allohga ibodat qilish bilan bog'lagani uchun unga buyuk maqtov va sanolar keldi.
Shuningdek, ALloh meni onamga mehribon - itoatli qildi va meni sitamkor badbaxt qilmadi".
(Maryam surasi, 32-oyat)