XXI asr she'riyati:
Ikrom IskandarAZA Itimning oti
Qayg‘u edi...
Qayg‘usiz odam kabi
O‘lik endi
Zanjir.
BAHORDAGullar kiprik qoqmay osmonga boqar,
osmonni to‘ldirib uchar edi
qanotlari siniq qush ovozi.
* * *
Qonim jo‘sh uradi. Qonim
xasday oqizadi tanimni.
Bovuriga yashirdi kimni
qalqib borayotgan jonim?
Daraxt kabi tek qotding nega,
ko‘rdingmi chap ko‘ksingning toshin?
Tag‘in chimrilmoqda qoshing,
o‘, muttasil aqlimni yegan
husn... Sen-chun qovoq uygulik,
o‘zim uchun mislsiz, g‘oyat
ortiq darajada jinoyat
qildimmi yo tag‘in, suygulim?
Daryo kabi oqar qonim-da,
Gulim, garchi xas kabi tanman,
men hamisha seni sevganman —
seni yashirganman jonimda.
* * *
Yomg‘ir yog‘ar...
Quloqlarga qochib kiradi shitirlab
yomg‘irda ivib ketgan bir
Tovush.