7-bob. Qur’on qiroatini muhaddis ko’rigidan o’tkazib olish lozimligi to’g’risida.
Hasan Basriy, Sufyon as-Savriy va Imom Molik:"Bu joizdir",-deganlar.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam huzurlariga Zimom ibn Sa’laba degan sahoba kelib aytdi:"Olloh sizga besht vaqt namoz o’qimoqni buyurdimi?" "œHa",-dedilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam. Ushbu so’zni Zimom o’z qavmiga borib, Rasulullohdsn deb rivoyat qildi. Odamlar uni Rasulullohdan deb qabul qildilar. Ba’zi kishilar Qur’on muallimiga o’zlari bilgan oyatlarni o’qib berib,tasdiqdan o’tgach, falonchidan Qur’on o’rgandim, deb unga nisbat beradir(quidagi hadis bining dalilidir).
Anas ibn Molik aytadilar:"Majlisda Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bilan o’tirgan erdik.Bir kishi tuya minib keldi-da, tuyasini masjidga cho’ktirib, tushovladi.Keyin dedi:"Qaysi biringiz Muhammad alayhissalomsiz?" Rasululloh sahobalar o’rtasida suyanib o’tirgan erdilar. "œMana bu suyanib o’tirgan oq yuzli kishi",-deb ko’rsatdik. Rasulullohga qarab:"Mutallibning o’g’limisiz?"-deb so’radi."Ha",-dedilar.Shunda u Rasulullohga qarab:"Men sizdan ba’zi bir narsalarni jiddiy so’raydirmen,mendan hafa bo’lmangiz",-dedi."So’rayvering",-dedilar Rasululloh."Sizning va sizdan avvalgilarning rabbinic o’rtaga qo’yib so’raydirmen,sizni Olloh odamlarning barchasiga payg’ambar qilib yubordimi?"-deb so’radi."Ha",-dedilar Rasululloh."Ollohga qasamyod etib sizdan so’raydirmen,5 vaqt namoz o’qimog’imizni Olloh buyurdimi?"-dedi."Ha",-dedilar Payg’ambarimiz."Ollohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen,boylardan zakot olib, faqirlarga bo’lib bermoqni sizga Olloh buyurdimi?"-dedi."Ha ",-dedilar."Ollohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen,yilda biro y ro’za tutmoqni Olloh buyurdimi?",-deb so’radi."Ha",-dedilar.Shundan so’ng u kishi dedi:"Men siz olib kelgan narsalarga iymon keltirdim.Men o’z qavmim yuborgan vakildirmen,ismim Zimom ibn Sa’laba, Sa’d ibn Bakr qabilasidanmen".