525/5. Abdulloh ibn Shihob al-Huvloniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Oisha roziyallohu anho huzurlariga kelganimda ehtilom bo‘lib, ikki kiyimimga undan tegdi. Men u kiyimni suvga botirib yuvdim. Oisha roziyallohu anhoning xizmatkor joriyalari meni bu qilgan ishimni ko‘rib qolib, u onamizga xabar berdi. Oisha roziyallohu anho menga odam jo‘natib: «Ikki kiyimingni bunday qilishga seni nima majbur etdi?» dedilar. Men: «Uyqudagi kishi tushida ko‘radigan narsani ko‘rganim uchun, ya’ni maniy majbur qildi», dedim. Oisha roziyallohu anho: «Ikki kiyimingda biror narsa ko‘rdingmi?» degandilar, men: «Io‘q», dedim. Shunda Oisha roziyallohu anho: «Agar biror narsa ko‘rsang, yuvgin. Sen meni ko‘rganingda edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlariga (maniy tegib) qurib qolgan bo‘lsa, tirnog‘im bilan ishqalab tashlar edim», dedilar».