Demak Qozog'istonga borib kelib o'qishga byudjetga kirsa bo'lar ekanda :p
Meni o’zim Qozag’istonga ishlashga bormaganmanu, lekin bozorda savdoda o’tirar edim. Yahshisi boshidan aytib beray: Maktabni tugatdim, Harbiy bo’lish orzuyim edi. Onam rozi bo’lmadi, nima qilsam ham yolg’iz farzandman. Ona rozi hudo rozi deb SPTU ga Nonvoy-Qandolatchi-Oshpaz yo’nalishi bo’yicha o’qishga kirdim, Keyinchalik kasb hunar maktabi bo’lib o’zgardi. Undan keyi bir yil chet tili o’rgandim. Keyin ancha vaq ot minib dalada mol boqdim, Ingliz tilida molar bn gaplashib deganday. Keyin Otang bermaganni bozor beradi deya bozorga; Hullas pul bor, kiyinish, yashash yaxshuyu, ammo"¦ Hullas bir kuni sinfdoshlar yig’ilishdik. Ularni ichida bir qiz kolledjga kiribdi. Tabrikladim! O’qish qiziqmi deb so’ragandim, O’qish qadrini o’qigan biladi deb solsa bo’ladimi. Juda alam qildi. Hujjatlarni tayyorladimu tush paytida, bozordan birrovga, qabul komissiyasiga bordim tushlik ekan. Bir opadan iltimos qildim. U ham iltimosimni rad qilmay hujjatlarimni olib qoldi. Test, latifa aytib, Nablyudatellarni ustidan kulib, qizlarni boshini aylantirib, javoblar varaqasini, teshib ham oldim. Imtihondan testni teshdim deb chiqdim. Natija Davlat granti 10 o’rindan bittasi meniki, ishonmayman. Birinchi semester tugadi zachyonlar qo’yildi. O’zimni talabaligimga endi ishondim. Keyin magistratura. Asperantura. Lekin o’qishga kirdimmi endi bir narsa o’rganib chiqay deb yaxshi o’qidim. Faqat bir maraotaba 3 bahosi olganman. Tanlovlarda ishtirok etdim. Taqdirlandim. O’qigan universitetimda ishga olib qolishdi.