"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 231-240
231. Tohir Malik o'ziga ustoz deb bilgan buyuk o'zbek yozuvchisi u kishining yaqin qarindoshlari bo'lgan. Bu ustoz adib kim?
Javob: Mirzakalon Ismoiliy.
232. Jamoat namozi kishilar uchun yolg'iz o'qilgan namozdan necha barobar darajada ustun?
Javob: 27 baravar.
233. Qaysi daryo qadimgi mashhur ayollar qabilasi nomi bilan ataladi?
Javob: Amazonka.
234. Alloh taolo Lutning (alayhis salom) qavmini azoblash uchun ikki farishtani yosh yigitlar shaklida tushirdi ular qavmning hamma erkaklari bilan qo'shib Lut alayhis salomning ayolini ham jazolashdi. Bunga sabab nima edi?
Javob: Lut payg’ambarlik darajasiga erishgach, o'z aholisini turli yo’llar bilan, pand-nasihat qilib, Allohning birligiga iymon keltirishga chaqirdi. Ular mubtalo bo’lgan yaramas odatlarini tark etishga buyurdi. Lekin qavm Lutning nasihatlarini qabul qilismadi. Bu qavmning hidoyat yo’liga yurmasligi aniq bo’lgach, Alloh taolo o’z farishtalari orqali munosib jazo yubordi. Farishtalar Allohning amri bilan, Lut xonadoniga mehmon bo’lib kelishdi, shahar aholisi Lutning xotinidan uylariga chiroyli yigitlar kelishganini eshitib, unikiga bostirib boradilar. Chunki, ular bachchabozlik kasaliga mubtalo bo’lganlar, o’z maqsadlarini amalgam oshirmoq uchun xonadonga bostirib kiradilar. Lut uyida o’tirgan farishtalar Allohning amri bilan ularning badniyatlarini o’zlariga daf etdi. Kuchli shamol turib, ularni tashqariga uloqtirdi. Lut darhol o’z oilasi va o’ziga iymon keltirgan kishilar bilan (xotinidan tashqari, chunki xotini farishtalar habarini dinsiz qavmga yetkazganligi uchun Allohning azobiga uchradi) shahardan chiqib ketdi. Lut ma’lum masofaga yetgach, shahar aholisiga Allohning muqarrar azobi keldi. "œHijr" surasidagi 74-oyatda bu haqida habar berilib: "œBas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubodik va ularning ustiga sopoldan bo’lgan tosh yog’dirdik", deyiladi.
235. Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga ota-onam senga fido bo'lsin, deganlar. Bu sahobiy kim va Rasululloh s.a.v. unga buni qaysi g'azotda aytganlar?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos, Uhud g'azotida.
236. Islomning eng birinchi elchisi kim? Va bu sahobiy qaysi shaharga elchi bo'lib borgan?
Javob: Mus'ab ibn Umayr. Bu zot birinchi elchi bo'lib, dastlab, Madinaga va madinaliklarga Islomni yoyish va yetkazish uchun madinaga elchi bo'lib borganlar.
237. "Agar qodir bo'lsang, tuproqni yeyishga majbur bo'lsang ham ikki kishiga amir bo'lma". Bu so'zlarni aytgan sahobiy kim?
Javob: Salmon Forsiy.
238. Salmon Forsiy r.a. qaysi halifa davrida vafot etganlar?
Javob: Usmon (r.a) davrida.
239. Rasululloh s.a.v.ning duolari sabab o'qi hech qahcon hato ketmagan va duosi doimo ijobat bo'lgan sahobiy kim?
Javob: Sa'd ibn Abu Vaqqos.
240. Islomning birinchi chavandozi, Alloh yo'lida ot choptirgan sahobiylarning birinchisi kim?
Javob: Miqdod ibn Amr.