- Xo'o'o'o'sh.... Bu gapizni menda boshqa bir savolni paydo bo'lishiga olib keldi. Sizningcha, bir inson o'z shevasida gapirishga o'rgangan. U endi Forumga az'o bo'lib, o'z fikrini bildirish uchun, adabiy tilni o'rganishi shartmi? Shunaqa cheklov to'g'rimi?...- Masalan, o'sha user Toshkentda yashaydimi, Qo'qondami, Buxorodami, maktabda o'qiydiku baribir. Maktabda adabiy til o'tiladi-da. Shevada gapirish mumkinmas, yaxshimas deyiladi.Lekin qaysi joylarda bunga amal qilinadi, bilmadimu, lekin Forumga kirganda menimcha adabiy tilda yozish yaxshiroq-da!
- Yuqoridagi shunday fikrni ta'kidladizki, Forumni ko'tarib turgan ba'zi userlar kirmay qo'yganligi sababli, sal orqaga ketishga olib keldi dedingiz. Aytingchi, aynan kimlarni ana shunday userlar safiga qo'sha olasiz. Faqat umumiy javob bermasdan, "hech kimni xafa qilishni xohlamayman" deb aylantirmasdan aniq sanab o'tsangiz.- Hammani desam umumiy bo'lib qoladi. SHuning uchun hammani qo'shgan holda, asosiylari Shoir, Munira xonim, Hadija, Mahdiyah, keyin... uzmus, AbdulAziz aka, ChehMik, Kapalak opa, Muhammad Amin. Yana Y_U_R_I_S_T degan userlar borlar. Yana kimlar...
(o'ylanib). Behzod,
(tezda to'g'irlab) - AbdurRohman, Mr.Twister, Fatima...[/b]
- Aynan shuni kutgandim o'zim ham. Siz sanab bergan, forumni ko'tarib turgan userlar deb hisoblaydigan insonlarni hammasi Forumda yo'qolib qolgani yo'q. Ular xozir ham, ilgari ham faol bo'lganlar. Demak, siz oldingi fikringizga qarshi chiqib qolmadingizmi?- Men qarshi chiqmadim. Men bitta kishini aytgandimda faqat. Masalan, Shoir ancha kamnamo bo'lib qolgandilar oxirgi vaqtlarda. Yaqin-yaqindan boshladilar faollikni.
- Xo'p, bu bitta misol. Yana kim?- ....
- Demak , sizningcha bitta Shoirga bog'liq ekanda, Forumni sustlashishi yoki...- Yo'q!
(kulganday bo'ladi) Shoirga bog'liqmaaaas... Buni shunchaki misol o'rnida aytgandimda...
- Forumni ko'tarib turgan ba'zi userlarni kirmay qo'yganligini siz aniq sabablardan bittasi qilib sanagandizda o'shanda...- ... Bilmadim...
- Xo'p, mavzuni o'zgartiramiz. Sizni shaxsiy statistikangiz bo'yicha, Forumda 29 kun 14 soatdan ko'proq vaqt "yashagan" ekansiz. Ya'ni bir oyga yaqin. Ushbu bir oy ichida "Forum sizga nima berdi?" degan savolni berib o'tirmayman. Sababi xuddi shunday mavzuda fikr qoldirgansiz. Men boshqa narsani so'ramoqchiman. Shuncha vaqt mobaynida, biron marta Forumdan yoki qaysidir forumdoshdan xafa bo'lgan vaqtingiz bo'lganmi? "Bo'ldi, boshqa kirmayman bu forumga" deb ahd qilganmisiz hech?- Yo'q!
- Umuman bo'lmagan-a?- Umuman!
- Yaxshi. Endi mavzuni o'zgartiramiz. Shaxsiy hayotingizga ozgina yaqinlashamiz. Kasbingiz o'qituvchilik. Juda ham ma'suliyatli va qiyin kasblardan biri. Siz nechanchi sinflarga dars berasiz?- 5-sinfdan 9-sinfgacha.
- O'qituvchi sifatida ilk darsga kirgan vaqtingizni eslay olasizmi?- Ha, eslay olaman. Hech qanaqa tayyorgarliksiz kirganman. Konspektlarsiz... Shunday maktabga borgandim, qabul qilishgandida, bugundan darsga kirasiz degandilar. Keyin birinchi o'tgan darsim 8-sinflarga "O'zbekiston tarixi"dan "Kirish" mavzusini o'tgandim. Ular bilan tanishuv bo'lgandi...
- Hayajonlanganmisiz?- Yo'q, hayajonlanmaganman.
- Rostdan?!- Rostdan hayajonmaganman.
- Axir siz o'qituvchi bo'ldingiz, yangi kasb, yangi hayot boshlandi. Ilk darsingiz bo'lsa... Bu o'zingizga bo'lgan kuchli ishonchingizdan dalolatmi endi?- Bilmadim, balki shunaqadir. Biz amaliyotda ham darsga kirgandikda. Faqat unda rasmiy emas, amaliyotchi talaba bo'lib. Shu sabablimi hech qanaqa hayajon bo'lmagan. O'quvchilar bilan tanishib, tushuntirib, kirishib ketganman.
- Yaxshi... Bolalrni xarxashasini, sho'xliklarini ko'tarish qiyinlik qilmayaptimi sizga? Aytaylik, ba'zi kunlari shaxsiy muammolaringiz tufayli kayfiyatingiz umuman yo'q. Bo'ladiku, hayotda. O'sha vaqtda darsga kirsangiz, o'quvchilar battar sizni qiynashmoqda. To'polon qiladi, shovqin qiladi... Qanaqa ahvolga tushasiz shunaqa paytlar?- Avvalombor, shaxsiy faoliyatim bilan ishni aralashtirmaymanda. Masalan, uyda biron ko'ngilsizlik bo'ldi. Shu narsa sinfni eshigiga kelgunimgacha esimda turadi. Eshikdan kirishim bilan unutaman, boshqa dunyoga kiraman. ba'zida bo'lib turadigan xarxasha, nimalarga esa, chiroyli tushuntirib, muloyimlik bilan gapirishga harakat qilaman. Xozirgacha Xudoga shukur foyda berayaptida bu.
- Hech urushasizmi o'quvchilaringizni?- Men... nima deb aytsam... qattiqqo'llik qilolmaymanda.
- Ular bundan foydalanib, erkalanib ketishmaydimi?- Yo'q, aksincha, ularga shu yo'l ma'qulda. Masalan, ko'pgina o'qituvchilar qattiqqo'llik qiladi, zug'um bilan o'tiradida darsda. O'quvchilar undan bezib qolganda bundan. Shirin so'zga, qanaqadir bir yaqinlikka... hmmm...
(o'ylanadi)- ...mushtoq- Ha, mushtoq. Lekin judayam yaqinlashib ketish bo'lmaydi, baribir. Orada chegara bor. O'quvchilarga ham eslatib turaman buni. Xozircha hammasi yaxshi.
- Xursandman bundan. Yana bir savol. Aytaylik bir 5-sinfdagi o'quvchingiz darsga yaxshi tayyorlanib kelmadi. Unga uch baho qo'ymoqchisiz. Uni esa ko'ngli bo'sh ekan, bundan xafa bo'lib yig'lab yubordi. Sizdan yig'lab turib iltimos qilayapti: "Ustoz, iltimos menga uch qo'ymang" deb. Nima yo'l tutasiz bunaqa vaziyatda?- Kitobingni olib kelgin deyman, o'sha kitobidan biron qo'shimcha vazifa beraman.
- Yo'q, siz o'sha vaqtda qo'yishingiz shart. Aytaylik biron nimani yopib berishingiz shart...- Choraklikni...
- Ha, choraklikni deylik. U yig'lab turibdi. Yosh bolani ko'ngli o'ksib qolishi mumkin. Qanaqa yo'l tutasiz?- "1-chorakda yaxshi o'qiy olmading" deyman. "O'rtoqlaringa qara, ular senga nisbatan yaxshi o'qishdi, shuning uchun ularga 4-5 baho qo'ydim. Sen ham keyingi chorakda yashi o'qisang, senga ham yaxshi baho qo'yaman" deymanda...
- Uchini qo'yasiz?- Ha, uchini qo'yaman baribir.
- U bola keyin ko'ngli o'ksib, so'nib qolmaydimi? Ko'nglini sovutib qo'yishdan qo'rqmaysizmi?- Yo'q, unaqa bo'lmasa kerak. Birinchi gapirildimi, o'qituvchi 3 baho dedimi, o'shani qo'yish kerak. Agar o'zgartirsangiz, keyin hamma o'quvchi kelishi mumkinda.
- Endi sal shaxsiy hayotingizga bog'liqroq savol. Asosiy savolimni berishdan oldin, sizga kichkina boshlang'ich savol bermoqchiman. O'z kasbingizni sevasizmi?- Ha, albatta!
- Endi asosiy savolim. Xudo xohlasa, turmushga chiqsangiz va turmush o'rtog'ingiz sizni ishlashingizni xohlamayapti. Uyda o'tirishingizni xohlayapti. Nima qilasiz?- Ishlamayman.
- O'zizni sevimli kasbingizdan...- ... voz kechaman!
- O'zi bo'lajak turmush o'rtog'ingizni qanaqa tasavvur qilasiz?- Qanaqa tasavvur qilaman? Bu haqida oldin Forumda ham yozgandim adashmasam, mayli yana takrorlasam...
- Agar forumda yozgan bo'lsangiz unda kerak emas. Boshqa savol. Chet elga turmushga chiqishga nima deysiz? Misol, uchun bir asl o'zbek, musulmon farzandi doimiy chet elda yashaydi. Agar undan taklif bo'lsa nima deysiz?- Men qarshimasman.
- Demak, yurtizni tashlab ketishga ham rozisiz demak?- Bu savol menga nisbatan bo'lmadi shekilli? Chet elga turmushga chiqish haqida bo'ldi menimcha?
- Yo'q, men aynan sizga mana shunday taklif bilan chiqishsa degandim?- Bunga aniq javob berolmayman, agar menga shunaqa taklif bo'ladigan bo'lsa... rozi bo'lardim. Ollohni roziligi uchun.
- Tushunarli. Nima deb o'ylaysiz, hayotda ilm muhimroqmi yoki farosat? Masalan, bir inson juda ham har tomonlama ilmli, lekin farosati yo'q. Aksincha boshqa bir inson farosatli-yu, lekin ilmi yo'q. Qaysi bir hislat muhimroq hayotda?- Xozir konkret savol berdingiz. Men ham konkret javob beraman, izohsiz faqat.
Farosat muhim!
- Tez-tez yig'lab turasizmi? Va nima uchun?- Ilgarilari yig'lab turardim. Va nima uchun degan savolga, shaxsiy muammolar tufayli. Xozirda ko'p yig'lamayman. Ba'zi-ba'zida...
- O'qituvchilar qanaqa hislatlarga ega bo'lishi kerak deb hisoblaysiz?- Avvalambor, bolalarni yaxshi ko'rishi kerak. Agar bolalarni yaxshi ko'ra olmasa, o'zini kasbiga kirishib ketolmaydida. Keyin shaxsiy hayotida bo'ladigan yomon voqealarni ishga aralashtirmasligi kerak. O'zini kasbiga chuqur ma'suliyat bilan yondashishi kerak. Faqatgina ta'lim emas, tarbiyani ham qoyillatishi kerak. O'quvchilarni murodini...hmmm, nima deydi... tarbiyalab turish kerakda.
- Sizni o'zingizda ushbu hislatlar bormi?- O'zimdami?
- Ha.- Kishi o'ziga-o'zi baho berishi...
- ...yaxshi. Chunki nimaga qodirligingizni bilib ish qilsangiz, rejali ish qilgan bo'lasiz. Masalan, 200 kilolik toshni ko'taraman deb, urinsangiz belingiz chiqib ketadi. O'zingizga noto'g'ri baho bergan bo'lasiz. Shu ma'noda aytgandim. O'zingizda ushbu hislatlar bormi?- Ozimda bu hislatlar bor. Har qanaqa darsga kirishdan oldin, qanaqa auditoriya bo'lishidan qat'iy nazar yaxshi muomalaga kirishib keta olaman deb ishonaman o'zimga.
- Ijobiy va salbiy hislatlaringiz sanan bera olasizmi?- Ijobiysini bilmadimu, salbiy hislatlarimni sanab berishim mumkin.
- Mayli, eshitamiz.- O'zim uchun ijobiy, lekin boshqalar uchun salbiyda bu. O'zimga ishonuvchanligim, soddaligim, ko'ngli bo'shligim... Bu o'zim uchun ijobiy, boshqalar uchun salbiyda.
(Izoh: Bir o'q bilan ikki quyonni urdi. Ham ijobiy, ham salbiysini sanadilar)- Hayotda nimalarni ko'proq qadrlaysiz?- Nimalarni qadrlayman? O'zimga kerakli, o'zim uchun qadrli, o'zim uchun manfaatli bo'lgan har qanaqa narsani qadrlayman. Umumiy javob bo'ldi-a? Aynan ko'rsatib berolmaymanda...
- Unda siz egoist ekansizda?- ...
- Chunki "o'zim uchun qadrli, o'zim uchun manfaatli" deb gapiryapsiz. Demak, egoist ekansizda?- Bilmadim!
(jahl bilan). Men o'zimni egoist deb hisoblamayman lekin.
- Mana shu egoistligingizdan dalolat beradida.- Men uchun... Masalan, siz bilmaysizku, men uchun nima qadrli, nima manfaatli ekanligini...
- To'g'ri, bilmayman. Lekin men o'zimni egoistligimni bilaman.-
(kuladi) Bilmadim, men o'zimni egoist deb hisoblamaymanda.
- Xayol surishni yoqtirasizmi?- Xayol surishni... Unchalikmas...
- Yaqinda talaba edingiz, mana endi o'qituvchisiz. Talaba Robiya bilan o'qituvchi Robiyani farqi bormi? NImalarda o'zgarish bo'ldi?- Nimalarda... Avvalo maqomni o'zida o'zgarish bor. Talaba va o'qituvchi. Talaba bo'lganimda vaqtim ko'proq edi. Keyin qanaqadir bemalolroq edim o'zimga. O'qituvchi bo'lgandan keyin, vaqtim ham rejali bo'lib, unaqa... o'zimga nisbatan nazorat qilish ham ko'proq bo'ldi. Chunki darsga kiraman, baribir tayyorgarlik ko'rib... O'zgarishlar katta lekin. Sezilayapti.
- Bu sizni xarakteringizga ham ta'sir qildimi?- Xarakterimga... ta'sir qilmadi. Yo'q!
- Qanday bo'lsangiz, shundayligingizcha qoldingiz?- Ha.
- Misol uchun, mabodo ba'zi bir xislatlaringiz dars berishga harakat qilayotgan bo'lsa, ularni yo'qtishga harakat qilmaysizmi?- Pand berishga...
(pichirlab gapiradi). Xozircha men bunday harakterim borligini ko'rayotganim yo'q.
- Rahmat! Siz oldingi savolimga javob berdingiz bu bilan.- Qaysi?
- "Egoistmisiz?" degan savolimga, "Ha" deb javob berdingiz.-
(kuladi)- Oilangiz haqida so'ramoqchi edim. Agar xohlamasangiz aytmasligingiz mumkin. Oilada nechta farzandsiz?- 3 ta farzandmiz. Men to'ng'ichiman. Ukam va singlim bor.
- Bolaligingiz qanaqa o'tgan? Sho'x bo'lganmisiz yoki...- Bolaligimda judayam sho'x bo'lganman. Judddayam... Buvimlar aytib beradilar, o'qituvchiligim o'sha paytdan aniq bo'lgan ekanda. Bizada tapchan deydi, karovat ko'chadagi... so'ri deyiladimi Toshkentda? O'shanaqani ustiga hamma jiyanlaringni yig'ib olardingda, qo'lingda katta ximchi deyiladi, silarda nima bilmadimu...
- Bemalol aytavering, tushundim.- Aha. O'sha bilan turib, mana buni aytgin, mana buni aytgin deb, xatto urarding ham. To'girlab aytgin deb, shunaqalar qilarding deydilarda. Esimda qolganida bu. Keyin ko'chamizda ruslar judayam ko'p edida bizada. Shuning uchun ham rus tilida yaxshiroq nima qilishga harakat qilganman. Bolalikda uydan ko'chaga kirishimiz qiyin bo'lgan
(Izoh: menimcha ko'chadan uyga demoqchi edilar). Onam doim bizani qo'llarida tayoq bilan kutib olardilarda. Endi o'sha vaqtda shunaqa bo'lganda. Men ochiq javob berayapman, shuning uchun to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman.
- Bemalol...- Keyin futbol o'ynaganimni ham aytdim. Shuni o'zidan bilib olsa ham bo'ladi bolaligimda qanaqa bo'lganimni.
- Rahmat ajoyib ma'lumotlar uchun. Endi suhbatimizni sekin tugatsak ham bo'lar. Oxirgi savolim bor edi. Aytingchi, nega ushbu loyihada qatnashishga rozi bo'ldingiz? Ya'ni sizga taklif bilan chiqqanimda, bajonudil deb, xursandchilik bilan qabul qildingiz. Vaholanki, biz (Izoh: prodyusserim ikkalamiz) qahramon topishda biroz qiynaldik. Siz esa... Bunga asosiy sabab nimada?- Bilasizmi, men Forumni o'zimni oilamday bilaman. Oilamdagilardan yashiradigan biron sirim yo'q. Meni ko'pchilik yaxshi biladi shundog'am. Agar yanada bilmagan savollariga javob olishsa, bundan faqat xursand bo'lardim xolos. Buning ustiga men bu yerda hech qanaqa yomon tomonini ko'rganim yo'q. Endi bitta narsada, har kimni niyatiga yarasha beradi. Agar niyatni xolis qilsak, faqat yaxshi tomonga xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun ham rozi bo'lgandim. Buning ustiga agar sir saqlaydigan ma'lumotlar bo'lsa, o'zingiz ham ta'kidlab turibsiz-ku "Agar xohlamasangiz aytmasligingiz mumkin" deb. Demak bunda hech qanday muammo bo'lmaydi, menimcha. Qolgan forumdoshlarni ham shunday suhbatga chorlagan bo'lardim.
- So'ngi so'z sifatida forumdoshlarga o'zingizni dil izhorlaringizni, tilaklaringizni aytishingiz mumkin.- Qurbon Hayiti bilan Forumdoshlarimni ular orqali, oila a'zolarini, barcha yaqinlarini tabriklayman. Oilalaridan islomiy muhit hech qachon tark etmasin. Dasturxonlarida doim fayz-u barakot bo'lsin. Niyatlaridagidan ham, duolaridagidan ham afzallarini bergan bo'lsin.
- Rahmat, ajoyib va maroqli suhbatingiz uchun. Yana bir bor Qurbon Hayiti muborak bo'lsin. Ko'nglingizdagi eng ezgu tilaklaringizga erishishni nasib aylasin. Rahmat yana bir bor."Eng birinchi blog" uchun maxsus
Y_U_R_I_S_T suhbatlashdi.