Abdulazizga savol.
Savollar hayot va oila undagi islom mavzusi ekan davomi ham shunday bo'la qolsin.
Siz o'zingiz hayotingizda ko'rmagan uchrashmagan bir chet elda yashaydigan qiz bilan int orqalimi yoki biror sabab bilan tanishib qoldingiz.U haqida faqat chiroyli gumonlar qilasiz.Hayolingizda siz bilgan qiz soliha muslima siz bu ahvolda shu qiz bilan turmush qurishga jiddiy ahd qila olasizmi?
Savol uchun tashakkur! Alloh rozi bo'lsin!
Chet elda yashaydigan qiz bilan internet orqali tanishish ancha shubhali holat.
Bunda, birinchidan, hozirda ko'p qizlarimiz ilm olish bahonasida, chetga mahramsiz chiqib ketmoqdalar. Islom shariatiga ko'ra, ilm olish maqsadidami yoki boshqa maqsaddami, mahramsiz chet-el tugul yurtimizdagi boshqa uzoq shaharga borish ham mumkin emas. Shariatimiz ayoldagi xos xususiyatlarni hisobga olib, shunday hukmni qilgan. Chet-elda mahramsiz yurgan har qanday qiz, garchi u hijobda bo'lsa-da, garchi "ilmli", yuksak axloqli bo'lsa-da, men undan shubha qilaman.
Ikkinchidan, gap-so'zlar, kiyimni "islomiylashtirish" hozirgi kunda moda tusiga kirib qolgan. Mini yubka kiyib yurgan o'zbek qizi ham namoz o'qishi bilan maqtanishi mumkin. Aytmoqchi bo'lganim, ayniqsa internetda turfa postu, avatar, imzolar bilan o'zini islomiy qilib ko'rsatish juda oson va hamma ham eplay oladigan holat bo'lib qoldi. Ayniqsa, chet-elda yashab yoki ilm olib yurib, inetnetga tez kirib turadigan qizlar orasida shunday holatlar juda ko'p. Turmush, bu jiddiy masala. Uni faqat yaxshi gumonlar bilan hal qilinmaydi. Sizga juft bo'lishni istayotgan qiz yoki yigitni avvalo uni taniydigan, biladigan katta yoshdagi muslim va muslima birodarlar tomonidan tekshiriladi. Ota-ona rizoligi dega narsa ham bor. Chunki qari bilganni pari bilmaydi. Odatda yoshlar tuyg'ular girdobiga g'arq bo'lib, turfa ajoyib va'dalarga ishonib, haqiqiy hayotni unutib qo'yadilar.
Internet yoki boshqa manba orqali berilgan va'dalar, gap-so'zlar (garchi islomiy tus berilib aytilgan bo'lsa-da) ga ko'r-ko'rona ishonib qolish musulmonga xos xislat emas. Hozirgi kunda musulmon xushyor bo'lishi kerak, laqma bo'lib, hamma narsaga ishonib ketmasligi kerak. Chunki biz sahobalarning Saodat zamonida emas, fisqu-fujur avj olgan og'ir zamonda yashayapmiz. Turmush esa jiddiy narsa. Uni jiddiy fahmlash kerak. Keyin sovchilik, to'ydan oldin kelin va kuyovni ko'rish, turli gumonlardan xoli bo'lishning islomiy odoblari bor.
Allohim barchamizga o'zimizga mos bo'lganini nasib etsin!