Assalomu alaykum!
Og'aynilar, men tushunmay qoldim. Sizlar ataylab qilayapsizlarmi?
Doim shu yaxshi ketayotgan mavzularga qalampir solasizlar?
Nega doim off qilasizlar-a?
Nima foyda topasizlar bundan? Yo biron g'arazinglar bormi?
Erkakchasiga aytib qo'yaqolinglar: shunaqa, biz forumni buzmoqchimiz, uni obro'sini tushirmoqchimiz deb...
Tuppa-tuzuk ketayotgan savol-javobniyam futbol maydoniga aylantirvoribsizlar-u? Chat bo'pketibdi-yu...
Shu yaxshimi endi? Birovlarni asabini o'ynash, g'ashiga tegish yaxshi narsami? Hech bo'lmasa ketgan vaqtlaringga achininglar, hali bu vaqtlarga javob berish ham bor. Hech bo'lmasa shuni o'ylanglar.
Avvallari hech shunday bo'lmasdi, hayronman.
AbdulAziz Manimcha bundey 10-kunlik band qilaversez, Foydalanuvchilar Ziyouz saytidan sovishadi
tushintirish bersez xam bo'ladiku
(Bu mani fikrim sayt sizniki)
Mayli, sovisin o'sha off-topchilar, hammani g'ashiga tegadiganlar... Ularsiz forum juda fayzli bo'lardi... Hammayoqni mag'zavaga to'ldirishdi...