Erta tong. Kichkinagina, atiga ikki oylik chaqaloq özining ixchamgina krovatida uyqudan uyg'ondi. Uning oyisi ikki daqiqa oldin magazinga sut olib kelish uchun yugurib chiqib ketgan. Chaqaloq yig'lay boshladi. U uzoq yig'ladi. Uning yonida yotgan dadasi kecha tundagi öyin-kulgudan og'riyotgan boshini zörg'a kötardi va bög'ilib qolgan ovozi bilan baqirdi: "Jim böl, yig'lama!!!" Gödak töxtamasdan yig'lashda davom etdi.
Dadasi: -Uxlagani qöyasanmi yöqmi,- de diyu yonidagi yostiqni chaqaloq tomon uloqtirdi. Chaqaloq ön soniyadan söng yig'lashdan töxtadi...
15 daqiqa ötgach magazindan kelgan onasi chaqaloqning krovati yoniga kelib baqirib yubordi. Yostiq chaqaloqning ustiga tushgandi. Ona yostiqni olib hushidan ketdi. Kichkinagina, atiga ikki oylik norasida gödak közlari ochiq qolganicha bu dunyoni tark etgandi...
U özining kichkina qölchalari bilan yostiqni olib tashlamoqchi ham bölgandi. Lekin...
Nariroqda kechagi maishatda "charchagan" dadasi esa uxlashda davom etardi...
Bu dunyoda hammamiz osiy bandamiz. Lekin hali ona hidiga töymagan bu jajji gödakda gunoh nima edi?
Yig'la osmon... Gunohga botayotgan, g'ofil insonlar uchun... U axir kichkinagina, atiga ikki oylik edi...