Mavzu boshida o'ntalik ma'lumotlardan boshlangan ekan, shunga amal qildim. Real hayotim haqida keyinroq aytib beraman. Yoshman, Xudo xohlasa hayotim oldinda)) Hozir virtual faoliyatim haqida:
1. Internet olamiga 2010-yil o'rtalarida tushib qolganman. Boshidanoq bitta wap forumiga o'ralashib qolib, mana haliyam chiqolmayapman. Hozirda u Milliy Forum deb ataladi, kecha 3 yoshga to'ldi.
2. Agent va odnodan foydalanib turaman. Uzoq vaqt online bo'lmayman, ammo tez-tez kirib turaman. Ijtimoiy tarmoqlarda hech kim bilan tanishmaganman. Hammasi forumdoshlar, sinfdoshlar, qarindoshlar.
3. Internetga mobil telefonda kirsam ham, Islom.Uz va ZiyoUzga tez-tez kirib turaman. Yuqoradagi saytlardan boshqalariga deyarli kirmayman. (aytgancha Google va Spacesga ham kiraman ekan)
4. Milliy Forumga 2011-yildan moderator, 2013-yildan (o'zim xohlamasam ham) administrator qilib tayinlandim.
5. Telefonda internetga kirish qanchalik zarar keltirishini bilamanu, yana kiraveraman. Hozirda tartibga solishga harakat qilyapman.
6. Dastlab internetga kirishni ukam o'rgatgan, qolganini sinfdoshim o'rgatgan. Hozir bu borada ikkalasiga ham dars beraman))
7. Wap forumiga o'rganib qolganim uchun, bu forumga ham wap versiyada kiraman. Noutbuk olsam, web forumlarni ham gullatib yurishim ehtimoldan yiroq emas))
8. Internetda yoshlarimiz ongi zaxarlanayotgani meni qayg'uga soladi. Nazorat, tartib yo'q saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda odobsizlik cho'qqisini zabt etayotganlar, ajdodlari ma'naviyat va odob-ahloq cho'qqisini zabt etganlarini butkul unutib qo'yishdi. Doim ularni ZiyoUz va Milliy forumga chorlab qolaman.
9. Internet menga bergan foydalari: bilimimni mustahkamlash, bilmaganlarimni o'rganish, uzoqdagi insonlar bilan bitta xonada o'tirgandek gaplashish, 4 metrga 2.5 metr xonadan chiqmasdan yer yuzidagi yangiliklar, statistikalardan xabardor bo'lish, imkon qadar imloviy hatolarsiz yozishga odatlanish, tilimda nutq qilib tushuntirib berolmaydigan gaplarimni to'liq tushuntira olish imkoniyati vahokazo
10. Meni odatim, forumga kirganimda bitta mavzuni nazarga olib qo'yaman. Keyin bo'sh vaqtimda zametkada yozib o'tiraman. Yana internetga kirganimda joylab qo'yaman. Yoki bitta muhim voqea haqida o'z fikrimni yozib qo'yaman, internetga kirganimda qayerda shu haqida gap ketayotgan bo'lsa hammasiga o'sha bitta tekstni joylab o'tib ketaveraman.
Qo'shimcha ilova:
Yozganimdan "man, man" so'zi takrorlanaversa, manmansirashga o'xshab qoladi, keyin yozgim kelmay qoladi