O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETIAzimov Inomjon Mamasodiqovich.
O`zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani O'zbek tili va adabiyoti fakulteti bu yil o'zining 67 yoshini qarshiladi. U Nizomiy nomidagi TDPUda ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakultetda "O'zbek tili va adabiyoti", "O'zbek tili va adabiyoti (o'zga tildagi maktablarda)", "Qozoq tili va adabiyoti" bakalavr yo'nalishlari bo'iicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda o'zbek tilshunosligi, umumiy tilshunoslik, o'zbek tili va adabiyoti o'qitish metodikasi, hozirgi o'zbek adabiyoti, o'zbek klassik adabiyoti, o'zbek tili tarixi va Sharq tillari, qozoq tili va adabiyoti kafedralari mavjuddir.
O'zbek tili va adabiyoti fakultetida yetuk kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e'tibor bilan qaraladi. Fakultetda dars berayotgan 70 pedagogning 13 tasi fan doktori, professorlar, Z0 ga yaqini fan nomzodi, dotsentlardir. Talabalarning zarur bilim sohibi bo'la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Darslarning barchasi toza va yorug', ta'mirlangan va jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida sinf xonalari mavjud bo'lib, ular bilan o'z sohasining bilimdon ustozlari - fan doktorlari, professorlar mashg'ulot olib boradilar.
Darslar faqat fakultetning o'zidagina bo'lmasdan, balki talabalarni amaliyotga yanada yaqinlashtirishni ko'zda tutgan holda Toshkent shahrida joylashgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida tashkil etilgan fakultet filiallarida olib boriladi.
Fakultetda talabalarning darsdan bo'sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun turli to'garaklar faoliyat ko'rsatmoqda. Xususan, adabiyotga ixlosmand iqtidorli talabalar ijodini shakllantirish maqsadida "Chashma" to'garagi tashkil etilgan bo'lib, unda she'riyat sirlari, o'zbek adabiyotining o'ziga xos tomonlari tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan talabalarga o'rgatiladi. Hozir ushbu to'garakni O'zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali uzstoz boshqarmoqdalar.
Fakultetimizning sobiq talabalari bo'lgan shoir va adiblardan Zulfiya, Zafar Diyor, Mamarasul Boboyev, Hakim Nazir, Shuhrat, Said Ahmad, Ramz Bobojon, Mirmuhsin, Hamid G'ulom, Shukrullo, Po'lat Mo'min, Qudrat Hikmat, Turop To'la, Hayriddin Saloh, Yusuf Shomansur, Murod Muhammad Do'st, Abdusaid Ko'chimov, Gaffor Xotamovlar badiiy adabiyot borasidagi ilk saboqlarini ushbu to'garakda olishgan. Hozirgi kunda ular nafaqat fakultetimizning, balki xalqimizning iftixoriga aylanishgan.