Bilgilki, zohir fuqaholari zohir shartlarni biz botiniy shartlar xususida keltirgan dalillarga qaraganda zaif dalillar bilan isbotlashadi. Ayniqsa, bu g‘iybat va shunga o‘xshash narsalarga tegishli. Lekin zohir fuqaholari faqatgina dunyoga yuz burib, tagida qolib ketgan omi g‘ofillarga muyassar bo‘lgan taklifotlarnigina hal qilishadi. Oxirat ulamolari esa qabulning sahih bo‘lishini, qabul bilan bo‘lsa, maqsadga yetilishini e’tiborga olishadi. Va ro‘zadan maqsad Alloh azza va jallaning axloqidan bir xulq bilan ziynatlanish ekanini fahmlashadi. U xulq somadiyyalikdir.
Shahvatlardan tiyilishda imkon boricha farishtalarga ergashish kerakdir. Chunki ular shahvatlardan munazzahdirlar. Insonda shahvatni sindirishga aql nuri borligi uchun qudrat hosil bo‘lganidan hayvon darajasidan yuqori daraja bordir. Yana shahvatlar egallab olganligi va ularga qarshi kurashishga mubtalo bo‘lgani uchun farishtalardan quyi martabada hamdir. Shahvatlarga qanchalik botsa, asfalasofilinga qulaydi, hayvonlar to‘dasiga borib qo‘shiladi. Qachon shahvatlarini bostirsa, a’lo’iliyyinga ko‘tariladi va farishtalar ufqiga qo‘shiladi. Farishtalar esa Alloh azza va jallaga muqarrab yaqindirlar. Ularga ergashib axloqlaridan o‘rnak olgan kishi xuddi ular yaqin bo‘lganlaridek Alloh azza va jallaga qurbat hosil qiladi. Yaqinga ham o‘xshash ayni yaqinlikdir. So‘ng o‘xshashlik makonda emas, balki sifatdadir. Demakki, aql egalari va qalb sohiblari nazdida ro‘zaning siri shu ekan, kun bo‘yi boshqa shahvatlarga berilib ketish bilan birga kunduzi bir yeyishni kechiktirib, kechqurun ikki yeyishni jamlashda nima foyda bor? Agar bunda foyda bo‘lsa, Payg‘ambarning (s.a.v.): «Qancha ro‘zador borki, uning ro‘zasidan faqatgina ochlik va chanqoqlik qoladi», degan so‘zlarida ne ma’no bor? Shuning uchun ham Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Oqillarning uyqusi va og‘zi ochiqligi qanday yaxshi! Qachonki, ahmoqlarning ro‘za va bedorligi ayblanmasa!» Iymon va taqvo egasidan bo‘lgan bir zarra ibodat amaliga aldanganlarning tog‘dek ibodatidan og‘irroqdir. Shundan olimlardan birlari aytganlar: «Qancha ro‘zador bor, og‘zi ochiq, ancha ro‘zasiz bor, ro‘zador. Ro‘zasiz ro‘zador a’zolarini gunohlardan asraydi va yeydi, ichadi. Ro‘zador ro‘zasiz esa a’zolariga erk berib, och va chanqoq bo‘lgan kishidir. Kim ro‘zaning ma’no va sirrini tushunsa, biladiki, kim yeyish, ichishdan tiyilib, gunohlarga aralashishdan og‘zi ochiq bo‘lsa, tahorat qilishda a’zolaridan birini uch marta mash qilganga o‘xshaydi. Bu zohirda sanoqqa muvofiq keldi, ammo muhim arsani yuvishni tark qildi. Demak, buning namozi sohilligi sababli marduddir. Yana yeyish bilan og‘zi ochiq bo‘lgan, a’zolari bilan yomon ishlarda ro‘zador bo‘lgan kishi esa a’zolarini bir martadan yuvgan kishiga o‘xshaydi. Uning namozi garchi fazilatni tark etgan bo‘lsada, aslni mukammal qilgani uchun, inshalloh, maqbuldir. Bularning o‘rtasini jamlagan kishining misoli esa hamma a’zosini uch martadan yuvgan kishiga o‘xshaydi. Bas, u asl bilan fazlni jamlab kamolga yetishibdi. Dar-haqiqat, Payg‘ambar s.a.v.) aytganlarki: «Albatta ro‘za omonatdir. Sizlardan biringiz o‘z omonatini saqlasin!» (Xaroipiy «Makorimul axlok»da rivoyat qilgan). Rasululloh (s.a.v.) Alloh azza va jallaning: