Ilm va ziyo > Ma'rifat

Imtihon taassurotlari

(1/11) > >>

Robiya:
  Assalomu alaykum aziz forumdoshlar! Bugun yurtimizda Oliy o'quv yurtlariga kirish imitohnlari bo'lib o'tyapti. Sizlar ham hayotingiz davomida qandaydir imtihonlardan o'tgansiz. Kelinglar, xotiralar bilan almashamiz. Sizning imtihoningiz qanday bo'lgan?

PS.: Bu mavzuda faqat Oliy o'quv yurtiga kirish imtihonlari topshirganlar emas, umuman imtihon topshirganlar ham ishtirok etishi mumkin (chet elda o'qish, ishlar uchun grant dasturlariga, va h.k.)

Ulugbek-Uz:

--- Iqtibos: Robiya  01 Avgust 2008, 13:12:56 ---Sizning imtihoningiz qanday bo'lgan?

--- End quote ---

Бакалавриатурага имтихон топширишм схши утган. Лекин мандат куни... А­рталаб келганман. Масъул ходим мани олдимдан утиб жавобларни доскага илган. Шу билан.. 15.00 ларда билагнма балимни.. унгача асаббузарликлар .. сх.. номеримни топлмай.. хадеб охиридан бошлаб караб келган сканман нкул.. йукда палкат чикмайяди, тушдан кейин навбат ташкиллаштириб битта битта курдик.. биринчи варакни дастлабки унлигига турибманда.. ана снди хурсандчилик :)

Muhammad Amin:
Men o'qishga 3-yil kirganman. Lekin rosa qattiq tayyorlanganman. 3-yil ertalab uyquda yotar ekanman. Otam akamdan mening natijalarimni so'rayotgan ekan. Akam o'sha kecha tumanimizga borib Toshkentdagi yana bir akam orqali gaplashgan ekan. Uyqu aralash gaplarini eshitdim. Akam meni kiraolmaganimni aytayotgandi. O'shanda shunchalik afsuslandimki umuman o'rnimdan turgim ham kelmadi. Yig'lagim keldi nahotki yana bir kutishimga to'g'ri kelsa deb. Lekin Allohga shukurki akam meni natijamni xato eshitib borhan ekan. Toshkentdagi akam kelgach men tabrikladi va o'zida yo'q xursand edi. O'shanda men ham shunchalik xursand bo'ldimki Allohga hamdu sanolar aytdim. Mana Allohga shukur hozir TMI da 3-kurs bo'ldim.

Allohim barcha abuturentlarni student bo'lishini nasib aylasin!!!

NafisaBonu:
Assalomu  alaykum  Aziz  Abiturentlar!  man  Navoiydan  Nafisaman.  Man 1-marta  imtihonga  kirishim  edi (Navoiy  Davlat  Konchilik  INS.ga) hayojon bo'ldi  ozgina  albatta.  2 ta  ayolcha  tushdi  bizaga tekshiruvchi  bo'p.  ruschani  bilmiydi, (man rus fakultetga  topshirdim)  oddiy  krilchani  ham  yozolmidi  bilmiman  qanaqa  o'qituvchi ekan, varaqalani  to'ldirishni  ham  eplab  tushuntirisholmadi,  hamma  bolla  qayta-qayta  so'ravurib  g'ala-g'ovur  bo'p  ketdi. Jiim  bo'lilaaaaaaa!  deb  baqrishni  qoyillatar  ekanla:)  30  min  10 ta  bolani  kutib  o'tirdik  ungacha  bizani  joyimizga  o'tirg'izdila,  keyin 10 ta  bola  keldi  tirjayib:)  hammani  jahli  chiqdi,  test   boshlandi!  deyishi  bn  hamma  <A'lo Domlo>  deb  baqirishni  boshladi  ko'rsez:)  tekshiruvchiladan 1tasi kep  qosa  yana  jimlik,  keyin  yana  shu  ahvol.  bir  safar  tekshiruvchi  kep  qop  1 ta  bolani  telefoni  jaranglab  ketdida  ko'rsez  hamma  guuuurrrrr  etib  kuldida,  kamina  misollani  terlab yechyapti,   2 ta oson misolimni chiqorolmay  asabim  chiqib ketdi.  shpargalkadan  boshqa  3  ta  misolimga  javob  ololdim;)  telimni  chiqarib  endi  alo  duvdim  ko'rib  qolishdida  olib  qo'yishdi (eshikni  ro'parasida  o'tiruvdimda) sekin-sekin  misollarimni  ko'rib  chiqdimda  imtihon tugashiga  30  min  qolganda  telimni  amallab  oldim:)  4,5 ta  chiqmagan  misolimga  javob  oldim. Xaligi  10 ta kechikib kelgan  bolalardan 1 tasiga  qarasam  o'zimni  parallel  sinfdoshim,  manga  qarab,< qalaysan> deydi  manam <yaxshi>  dedim.  nimani  ishlayoptikan  deb  qarasam  o'ynab  o'tiribdida,  gulcha  chiziiib.  Asabim  chiqib  ketdi  sunaqangi,  asti  qo'yovuring.  xullas  Xaligi  baqiroq  ayol  bo'lilacha-bo'lila  deb  qoldi.  keyin  hamma  chiqib  ketdi  shu  jumladan  manam.   keyin  shuncha  orziqib  kutgan  imtihonim  ham  tugaganligini  tushundim.  So'z  berganlariz  uchun  rahmat! 
Allohim  biz  abiturentlani o'z  panohiga olsin!  hamma  o'zi hohlagan,  orzu  qilgan  o'qishiga  GRAND ga  kirib ketsin!  Shu  jumladan  manam:)  Fatima  sizam:)  xullas  hamma!  :)

NafisaBonu:

--- Iqtibos: Fatima  02 Avgust 2008, 12:35:39 ---Assalomu alaykum, forumdoshlar!
Robiya opajon, sizga ham katta rahmat bizga atab shunaqa mavzu ochganiz uchun.
So`z manga kelib qolibdi-da, shunday bo`lsa manam yozaqolay.

Man ham Nafisaga o`xshab 1-avgustda bo`ladigan imtihonga 1-marta kirishim (Ilohim oxirgisi bo`lsin) edi, ko`pchilik telefonda, yuzma-yuz bo`lib manga ancha maslahatla berishdi (Imtihonga kirgandan keyin bo`ladigan har qanday holatlar haqida).  Ularga katta rahmat.
 
Man topshirgan joyda Imtihon jaa ajoyib o`tdi. Kirganimizdan boshlandi hammasi. Imtihonni kuzatish uchun bizga 1 o`zbek, 1 rus o`qituvchilani qo`yishdi. Rus o`qituvchi umuman gapirmadi, savol varaqasini topshirib bo`lib o`zini ishi bilan bo`lib bizga hecham e`tibor qimadi. Anu o`zbek o`qituvchi, 1-avgustga imtihonga ko`p kirganmi deyman, malakasi ancha yuqori ekan. Savollar varaqasini olganimizdan keyin, bir abiturientka hammadan 5 mingdan yig`ib o`qituvchiga topshirdi. Shundan keyin hech kim abiturientlarga indamadi. Faqat SMB odamlari kelsa, hamma telini yig`ishtirishini aytishdi. Xuddi shunaqa bo`ldi ham. Keyinroq imtihon oxirlashganda SMB odamlarini o`zi ham indamadi, hamma narsa ochiq -oydin bo`lib ketdi. Shu qatorida man ham vaziyatdan foydalanib tushunmagan savollarimga javob ham oldim, manga yordam berganlarga ham katta rahmat aytaman, Alloh rozi bo`lsin ulardan.
Javoblar varaqamni 60 ta abiturientlar ichidan 54-si bo`lib topshirdim. Shungacha anu odamla peshonamizda o`tirib: "Bo`lila, tezroq. Sanla o`qishga kirgandan keyinam odamni "qon" qilasanlami?"-deb odamni shoshiltirib qo`ydi. Man ham olgan bilimlarini bir joyga jamlab hammasini bo`yab chiqdim. Endi bu yog`i yolg`iz Allohdan. Duo qiling!

PS: Nafisa, dugonajon, Man ham sizga omad tiliman, qolaversa forumni a`zosi va a`zosi bo`lmagan abiturientlarga ham katta omad. Hammamizga STUDENT bo`lishdek baxt nasib etsin.
  Hurmat bilan Fatima
  Assalomu alaykum

--- End quote ---
Ha  Ozodaxon  Aytganiz  kelsin,  Alloh  hammamizga  Student  bo'lishni  nasib  aylasin!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version