Ilm va ziyo > Ma'rifat

Hayot nima?

(1/7) > >>

Zamiraxon:
                                                               
                                                                     :bs1:
                                                            :as:

Sizning nazdingizda Hayot tushunchasi qay tarzda talqin qilinadi?
Bu mavzuda barcha forum ahli fikrlari jamlansa, Hayot tushunchasining asl mohiyatini bilib olamiz, inshaAllah.

Shu o'rinda buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning "Iqrornoma" kitobidan olingan satrlarni keltirib o'tmoqchiman:

"Insoniyat donolari hayot haqidagi savollarga bergan bevosita javoblari bu turur:

"Jismning hayoti yovuzlikdan va yolg'ondan iborat. Shuning uchun ham bu jism hayotini mahv etish ne'matdir, biz shu ne'matni tilamog'imiz darkor", deydi Suqrot.

"Hayot shunaqa narsaki, uning boridan yo'g'i yaxshiroq bo'lardi. Hayot - yovuzlik, yovuzlikdan hechlikka ko'chish hayotdagi birdan-bir ne'matdir", deydi Shopengauer.

"Dunyodagi hamma narsa - hamoqat ham, donolik ham, boylik ham, qashshoqlik ham, shod-hurramlik va qayg'u-alam ham, hammasi behuda va arzimas narsalardir. Inson o'ladi va undan hech narsa qolmaydi. Bu bema'nilikdir", deydi Sulaymon payg'ambar.

Ana shu katta aql egalari aytgan narsalarni ularga o'xshash million-million odamlar ham aytgan, o'ylagan, his etgan. Men ham shunday o'ylayman va shunday his qilaman. O'zni laqillatishning hojati yo'q. Hammasi - behuda! Tug'ilmagan odam baxtiyor, o'lim hayotdan yaxshi; shuning uchun hayotdan xalos bo'lmoq kerak".

UzMuslim:
Naqadar Dono So'zlar...
Hayot BU-Alloh Tomonidan Berilgan Bir NE'matdir.Hayot BU Oxirat UchuN Imtixondir.Hayot bu-O'zlikni anglash...

yoqutxon:
 :as:
Menimcha inson  hayotni hayotida bo'layotgan vaziyatlarga qarab turli paytda turli  xil tassavur qilsa kerak.VaAllohu al'am!

JeeS:
 :bsm:
 :as:

Ey odam bolasi aslida sen kunlardan iboratsan. Agar bir kuning o'tsa, sening bir bo'laging ketibdi.

Bu dunyo uch kundan iborat:

1) Kechagi kun, o'tib ketib bo'ldi;
2) Ertangi kun, sen unga yetmasliging mumkin;
3) Bugungi kun, u seniki sen unda amal qilib qol.

HASAN BASRIY

Hayot bu...

Alloh tomonidan bizga berilgan bir ne`mat va shu bilan birga "sinov maydoni" deb bilaman. Bu ne`matdan biz bandalar unumli foydalanishimiz lozim.

Abdumuhaymin:
 :bs1:
(Ey, Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz uni
osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o'simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur,
so'ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir
zotdir. (Kahf 45)

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version