Saal mavzuga o'zgartirish kiritib muslimalarimizga savol bersam?
Savol: Tasavvur qiling, siz turmushga chiqmoqchi bo'lgan oila sizni ko'zingizga har tomonlama o'zini boshqa ya'ni yaxshi hislatlarini bo'rttirib ko'rsatdi. Turmushga chiqqaningizdan keyin esa, o'zlarining ikkinchi yuzlarini bad xulqlarini ko'rsatib ozor berishni boshlashdi. Siz yangi kelinsiz, zulm ichida, hattoki turmush o'rtog'ingiz ham siz b-n yomon muomilada. Hullas o'tirsangiz o'poq tursangiz so'poq . Ta'zimda bo'lib hurmatlarini joyiga qo'ysangiz ham tirnoq ichidan kirqidirib sizga ozor berishyapti. Aytingchi, shunday holda siz qanday yo'l tutasiz? (turmushga o'zingiz tanlab, sevib sevilib chiqqansiz)
P.S: Uzur savol biroz uzun bo'ldi ammo, ayni kunda ko'z o'ngimizda bo'layotgan hodisa asosida savol qilib berildi.
Aslida muslimalar o'zlarini o'ylamasalar ham ,ota ona ,akalar ,qarindosh urug' yuzi deb sabrda bardavom bo'lishadi ,Alloh rozi bn ,
lekin goho sabrning ham kosasi to'lib paq etib yorilib ketishi bor .sabr qiliarkan deb hammani boshiga ko'tarvolish menimcha to'g'rimas .lekin insof so'rab yahshiliklarda bardavom bo'lish yahshi ,lekin bu qiyin ish .