Assalam alaykum!
Bu mavzuni qancha bahs munozara va tortishuvlar qilmang hech poyoni bo'lmaydi qachonki, o'zimizga o'rnak bo'lganlarga izdosh bo'lmasak!
Biz o'zimizni isloh qilmay turib kimnidir tahlil qilishga haqqimiz bormi?
Abu Muso aka, hafa bo'lamang-u manimcha bu yerda savol sal noto'g'ri qo'yilgan!
Albatta, bugungi kunimizda siz aytgan iborani qo'llashga sabab va bahonalar ko'p, shu bahonalarni bartaraf qilish esa o'zimizga bog'liq!
Saodat davrining boshlanishida siz aytgan ibora bo'lmagan deysiz-mi?! Ular ham o'zlarini isloh qilib, Rasulullohga haqiqiy ergashib, Allohga haqqiy qullik qilib qurbat hosil qilgandan keyin siz aytgan iboralar qolmadi hattoki ushog'i ham. Shundoq ekan yuqorida aytganimdek har kim o'zi uchun javob bersin, har kim amaliga yarasah ajri mukofotini oladi!
Biz bo'lajak ayolmiz, biz nasib qilsa bo'lajak ona, opa, kerak bo'lganda singil ham bo'lmog'imiz lozim bo'ladi ammo, bu maqomatlarga erishishda kim bizga o'rnak avvalo oilamizdagi onamiz, ammo ularga va bizga eng katta ustun o'rnak bu Rasululloh tavsiyalari, Nubuvvat xonadoni honimlari bo'lmish Rasululloh ayollari ya'ni onalarimizdir!
Eslangchi, biror hadis rivoyat eshitganmizmi soliha ayollardan Erkaklarning bari bir go'r deb!
Yo'q, Mahdiyah va Chustiy ta'kidlaganlaridek, jamiyatda oilada erkak va ayol teng huquli, ular azaldan bir-biriga muhtoj, har birlari bir-birlariga tirgak ekan, nega endi islohni, tarbiyani o'zimizdan boshlamaymiz? Balki, shunday qilganimizda har hil savollar ko'payib Ayollar ham erkaklar ham BIR GO'R degan ajioyib va g'aroyib ta'riflarni muammo qilib ko'tarib chiqmasmidik, gaplarim kimgadir yoqmagan bo'lsa uzr!
Assalam alaykum!