Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2423079 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 253 254 255 256 257 258 259 260 261 262 263 ... 500 B


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:24:45

Donetsklik shifokor Andrey Mazur o’zining Kesha laqabli to’tiqushiga 3 xil tilda bir necha so’z va raqmdan iborat bo’lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga o’zining to’tiqushini o’rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol quyidagicha, u to’tiqushiga bir necha so’z va raqamdan iborat bo’lgan qanday jumlani yodlatgan?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:25:47

1898 yili Ispaniya AQShdan mag’lubiyatga uchragandan so’ng Kubaga bo’lgan xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin o’zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta emasdir) bo’lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko’chirib ketishini aytishadi. Bu kim edi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:27:50

Gruzinlarda "ore" - ikki, "ture" - qalb degan ma'noni beradi. Xo'sh unda "oreturat" nima degani?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:31:39

KINOMANIYA

Savol-1
Dunyoga mashhur Metro Golden Mayer kinokompaniyasining emblemasi o'kirayotgan sher ekanligidan xabaringiz bor. Buning ma'nosi nima? Nega aynan o'kirayotgan sher?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:33:05

KINOMANIYA

Savol-2
"Taqdir hazili" va "O'tgan kunlar". Bular safiga yana bir necha filmni qo'shsa bo'ladi. Xo'sh, ularda qanday bog'liqlik bor.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:34:43

KINOMANIYA

Savol-3
"Ko'zlarim yo'lingda" filmining bosh qaxramonini kim o'ynagan va uning filmdagi kasbi nima edi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:35:59

KINOMANIYA

Savol-4
Men sizdan qanday adabiy qahramonr kinoekranlarda eng ko'p paydo bo'lganini so'ramayman, faqat uning mashhur muallifini ayting.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:38:01

KINOMANIYA

Savol-5
Bu tarixiy shaxs hayoti haqida eng ko'p film ishlangan ekan. Bu kim?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:44:04

KINOMANIYA

Savol-6
2007 yilda eng ko'p foyda olgan 5ta  film ro'yxatida bu multfilm ham o'rin olgan. Qaysi multfilmligini aniq ayting.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:44:56

KINOMANIYA

Savol-7
Savol qisqa. Bu kinokompaniya emblemasi Pegas oti.

Qayd etilgan