Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2423047 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 258 259 260 261 262 263 264 265 266 267 268 ... 500 B


Abdusalom  15 Fevral 2008, 10:52:43

У 21-бобоси билан Александр Аевскийга уланади. Унинг кариндошлари орасида Ярослав Мудрс‹й, Юрий Долгорукий, Дмитрий Ложарский, Михаил Кутузов, Модест Мусоргский, Сергей А ахманинов хам бор. Бу машхур киши ким?

Boris Yelsin yoki Putin

Yo'q. Bu juda mashhur. U haqda oxirgi geniotologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdi.
Avvallari uning qonida boshqa millat vakili borligi ham aytilgandi. Menimcha javobga juda yaqin kelib qoldik..

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  15 Fevral 2008, 11:54:43

Unda Pyotr yoki Pushkin

Qayd etilgan


Abdusalom  15 Fevral 2008, 18:37:30

Unda Pyotr yoki Pushkin

Pushkin javobi to'g'ri.

Qayd etilgan


Abdusalom  15 Fevral 2008, 19:14:46

Yangi savollar

6. Grek yong'og'ining mazasini ko'pchilik yaxshi biladi. Brazil yong'og'i ham mashhur. Qiziq, amerikaliklar rus yong'og'ini nima deb atashadi?

Qayd etilgan


Abdusalom  15 Fevral 2008, 19:15:07

7. Qachonlardir ular Yevropada juda ko'p bo'lgan. Hozirda esa faqatgina Buyuk Britaniya, Irlandiya va AQShdagina saqlanib qolingan. Gap nima haqida ketyapti?

Qayd etilgan


Abdusalom  15 Fevral 2008, 19:17:41

8. Ularning nechta bo'lgani - noaniq. Ular qanday halok bo'lgani ham aniq emas, lekin ularni yeb qo'yishgan degan gaplar ham yuradi. Ular qayerni saqlab qolishgan edi?

Qayd etilgan


Abdusalom  15 Fevral 2008, 19:17:59

9. Bu inson 1646 yili tug'ilgan. U diplomat, tarixchi, faylasuf, kimyogar, tibbiyotchi, mexanik va lingvist bo'lgan. U matematikada differensial hisoblash taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. Norbert Viner u haqda yozarkan, agar kibernetikaning otasi kim deb atash mumkin bo'lsa, aynan uni shunday atash kerak, degan. Bu kim?

Qayd etilgan


Abdusalom  15 Fevral 2008, 19:18:12

10. Bu hayvonning tili eng uzun hisoblanadi. Uning bu a'zosi og'izga ham emas, tomoqqa ham emas, ko'krak suyagiga yopishgan. Bu qaysi hayvon?

Qayd etilgan


Abdusalom  15 Fevral 2008, 19:18:27

11. Bu inson Filippinda general-gubernator, AQShda mudofaa vaziri bo'lgan va soprtga judayam qiziqqan. Bu kim?

Qayd etilgan


Abdusalom  15 Fevral 2008, 19:18:39

12. XVIII asrgacha bu narsa faqatgina boylar xonadonida bo'lgan. Karnidal Reshelye undan saroyning aziz narsasi sifatida foydalangan. Hatto Parijdan tashqariga chiqsa ham uni o'zi bilan birga olib yurgan. Amerikada esa bu narsaga haykal qo'yilgan. Bu narsa ko'pchiliginizning uyimizda bor va inson hayotining ko'p qismi shunda o'tadi. Bu nima?

Qayd etilgan