Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2423079 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 277 278 279 280 281 282 283 284 285 286 287 ... 500 B


Usmon  25 Fevral 2008, 12:11:09

2-savol: Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?

Yordam: U o'sha  insonning bir holatini ifodalagan
Qiz farzandi bor kishimi ???

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 13:22:17

1-savol: Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning miqdori juda kam bo’ladi, lekin agar bu yoki xatto qo’shni daraxt barglarining soni me’yordan kamayib ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi. Nima uchun bunday bo’ladi?
Yordam:  Bu daraxt o'zida zaharli moddani himoya qilish maqsadida atayin ko'paytiradi. Nimadan himoya qilish maqsadida?

O'txo'r jonivorlardan himoya qilsa kerak :D

Juda ham to'g'rimasu, shunga o'xshash. Ular Antilopalardan o'zini himoya qiladi. Zaharli modda ko'paysa antilopalar ularni yemaydi va kamayib ketgan barglari soni yana qayta tiklanadi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 13:26:03

2-savol: Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?

Yordam: U o'sha  insonning bir holatini ifodalagan
Qiz farzandi bor kishimi ???


Ha yo'q, umuman boshqa tomonga ketib qoldiz. Hoy, qayting u yoqdan!!!! :7

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 14:56:11

Javoblar

2-savol: Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?


Ular shu yo'l bilan atrofdagilarga kasalligini bildirmoqchi bo'lishgan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 14:57:36

Javoblar

3-savol: U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam beradi. Uni ayting.


Jirafa

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 15:00:41

Javoblar

10-savol: Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga qarshi dori sifatida yozib berishgan". Bu qaysi mahsulotning reklamasi?


Gap kofe haqida ketayorgan edi. Bu Nescafe mahsulotining reklamasi edi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 15:07:37

Jobir Ahmedov savollari

1-savol: Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning miqdori juda kam bo’ladi, lekin agar bu yoki xatto qo’shni daraxt barglarining soni me’yordan kamayib ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi. Nima uchun bunday bo’ladi?
Javob: Ushbu barglarni yeyayotgan antilopalarni zaharlash uchun
Izoh: Shundan keyin ular barglarni yemay qo’yishadi va tabiiyki, akatsiya o’z barglarining sonini me’yorigacha tiklab oladi

2-savol: Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?
Javob: Agarda ular kasal bo’lsalar
Izoh: Shunday yo’l bilan ular o’zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko’rsatishgan
Javob topilmadi

3-savol: U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam beradi. Uni ayting.
Javob: Jirafa
Javob topilmadi

4-savol:  Armaniston va Eronda yashovchi yazidlar — o’ziga xos dinning tarafdorlari hisoblanishadi. Ularning dini zardo’shtiylik diniga borib taqaladi, biroq nasroniylik va islomning ta’siriga uchragan. Yazidlar turmushida ta’qiqlar ko’p. Ular xo’roz, g’azol, baliq go’shti, qovoqni yeya olmaydilar. Ularga yo’talish, tupurish, xushtak chalish, chanqovuz va tor chalish, ko’k rangdagi kiyimlarni kiyish mumkin emas. Yazidlar birinchi bo’g’inida "œsh", ikkinchi bo’g’inida esa "œt" tovushlari bo’lgan so’zlarni aytish mumkin emas. Nima uchun ular bunday so’zlardan qo’rqadilar?
Javob: Ular "œshayton" so’ziga o’xshagani uchun

5-savol: 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqarilgan mahsulotida balandlikni o’lchash qurilmasi, kompas, barometr, termometr kabi qo’shimcha qurilmalari bor. Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?
Javob: Vaqtni ko’rsatish
Izoh: Gap "œTISSOT" kompaniyasi soatlari haqida bormoqda

6-savol: Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho’yandan inson figuralarini yasash bilan shug’ullanadi. Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko’pgina shahrlarini bezab turibdi. U o’zining cho’yan figuralarini ko’pincha bir insonga o’xshatib yasaydi. Siz menga u insonning kim ekanligini emas, balki uning kasbini ayting.
Javob: Haykaltarosh
Izoh: U o’z haykallarini o’zidan olib yasaydi

7-savol: Unga anchadan buyon haykal o’rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan?
Javob: G.Uelsning "œKo’rinmas odam"iga

8-savol: Dastlab Napaleon I o’z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkasini qurdirmoqchi emas edi. U o’sha yerda bir hayvonning haykalini o’rnatmoqchi bo’lgan. Chunki bu hayvonlarni ko’rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi. Baribir Triumfal arka qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o’rnatmoqchi edi?
Javob: Fil

9-savol: Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o’zining bir qo’llanmasida "œErkak kishi o’zining o’sha narsasiga qarab hurmat topadi — bu uning o’zi, buning yordamida u o’zining asl ko’rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo’ladi" degan. Agar "œZakovat" bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo’lsa, u nima bo’lishi mumkin?
Javob: Galstuk
Izoh: "œZakovat" bilimdonlari o’yinlarda anchadan buyon galstuk emas kapalaknusxa (babochka) taqishmoqda.

10-savol: Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga qarshi dori sifatida yozib berishgan". Bu qaysi mahsulotning reklamasi?
Javob: Kofe
Izoh: Gap NESCAFE kofesi haqida bormoqda
Javob topilmadi

11-savol: Malayziyada "œSen qayerga ketyapsan?" deyishadi, bu savolga "œAylangani" deb javob berishadi. Yevrey "œSizga tinchlik" desa, fors "œQuvnoq bo’l" deydi, Grenlandiyaliklar esa "œYaxshi ob-havo" deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz?
Javob: Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom

12-savol: Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda Tanzaniyada ushbu  hayvonlarga yangi bir vazifani o’rgatishdi va ular o’z ishlarini juda yaxshi bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o’laroq hattoki bir marta ham xato qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o’rgatishgan?
Javob: Sapyor


13-savol: XVI asr ispan yozuvchisi Fransisko Kavedo-i-Vilegos o’z asarlaridan birida quyidagicha fikrni aytadi:
"œSinor Dinero shubhasiz o’ta qudratlidir"
Kavedo "œSinor Dinero" deganda kimni nazarda tutgan?
Javob: Pul (Dinor)

14-savol: Rivoyatlarga ko’ra, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko’rsatadi va farishtalar undan tuproq olishmaydi. Bu ishni faqat ugina bajarganligi sababli, u ustun turuvchi deb hisoblanadi. Savol, nimadan ustun turuvchi?
Javob: O’limdan
Izoh: Bu Azroil farishta edi

15-savol: Bu xalq o’zini inuit deb ataydilar, hammasi bo’lib ularning soni 115 ming kishini tashkil etadi. Bizda bu xalqning nomini xatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Savol bu qaysi xalq?
Javob: Eskimoslar


Jobir Ahmedov savollarining bor-yo'g'i 3 tasiga javob topilmadi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 15:10:04

Keyin savollar muallifi  Nozim Raimqulov



Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 15:13:21

1-савол: Ушбу машхур қсшиқ 1992 йил дунё юзини ксрди, композитори Тони Бриттен исмли шахс бслган  бу қсшиқ Лондондаги авлиё Мартин черкови хори томонидан куйланган. Қсшиқ матни 3 хил тилда (инглиз, немис ,франяуз) ёзилган. Мазкур қсшиқда сиз "œснг кучлилар", "œбуюк воқеа", "œҳаммаси сркаклар" каби ссзларни сшитишингиз мумкин. Гап қайси қсшиқ ҳақида кетмоқда?

Жавоб:   Европа Чемпионлар Лигаси гимни

Javob topildi: Usmon

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 15:13:58

2-савол:  Франяисда Стендаль даврида ушбу прояесс бошланишидан олдин 3та шам ёқиб қсйилган ва бу жараён ушбу шамлар счгунча давом стган.Ҳозирда бизда ҳам ушбу жараённинг ниҳоссига етиши 3 сони билан боғлиқ. Гап қандай жараён тсғрисида кетмоқда?

Жавоб: Аукяион (болғачани 3 маротаба зарб билан уриш орқали тугатилади)

Javob topildi: AbdulAziz

Qayd etilgan