Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2423106 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 204 205 206 207 208 209 210 211 212 213 214 ... 500 B

AbdulAziz  17 Noyabr 2007, 10:14:47

7. Ulamolar Rasulullohning sav amakilari nechta ekanligiga ijmo' qilishgan?

12 ta.

8. Rasulullohning sav ammalari nechta bo'lgan?

6 ta.

Qayd etilgan

AbdulAziz  17 Noyabr 2007, 10:17:52

Savol: YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qaysi shahar 2007 yilning dunyo kitob poytaxti sifatida e'tirof etildi?

Kolumbiya poytaxsti - Bogota.

Qayd etilgan

Munira xonim  17 Noyabr 2007, 15:49:32

7. Ulamolar Rasulullohning sav amakilari nechta ekanligiga ijmo' qilishgan?

12 ta.

Assalamu alaykum.
Javobingiz noto'g'ri.
Ularmolar Rasulullohning sav amakilari 9 ta ekanligiga ijmo' qilishgan.
"Ar-Rohiyqul maxtum" kitobidan.

Rasulullohning sav bobolari Abdumutallibning 10ta o'g'li bo'lgan.
1.Horis.
2. Zubayr.
3.Abu Tolib.
4. Abdulloh.
5.Hamza.
6.Abu Lahab.
7.G'aydoq.
8. Miqvam yoki Muqavvim.
9. Safor.
10. Abbos.

Qayd etilgan

Munira xonim  17 Noyabr 2007, 15:52:03

8. Rasulullohning sav ammalari nechta bo'lgan?

6 ta.

Javobingiz to'g'ri.
Ammalari:
Ummu Hakim Bayzo, Barra, Otika, Safiya, Arvo, Umayma.

Qayd etilgan

Robiya  17 Noyabr 2007, 17:51:28

Savol: YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qaysi shahar 2007 yilning dunyo kitob poytaxti sifatida e'tirof etildi?

Kolumbiya poytaxsti - Bogota.
Javob to'g'ri

Qayd etilgan

AbdulAziz  17 Noyabr 2007, 18:22:13

Javob berilmagan savollar:

Ziyo-uz Viktorinasining navbatdagi bosqichi yakunlarini e'lon qilishimiz uchun quyidagi savollar javobini ham qo'shishimiz kerak.
Shuning uchun savol egalaridan ushbu savollar uchun hint (yordam) berishlarini yoki o'zlari javobni aytishlarini so'raymiz.

Messi44 ning savollari:

Dunyodagi yagona tishlamaydigan it turi qaysi?

Qaysi qushning ko'zlari miyasidan kattaroq bo'ladi?

Qaysi davlatning davlat madhiyasi 158 xil ko'rinishga ega?

Erkak kishi hayoti davomida, o'zi bilmagan holda bu mahsulotdan o'rtacha 5 kg iste'mol qilar ekan. Bu qaysi mahsulot?

Masturaning savollari:

Uhud jangida payg'ambarimiz S.A.V.ni himoya qilib orqalariga sanchilgan nayza o'qlari tipratikan tikani singari bo'lgan sahobiyni ismi shariflari kim?

Sahobalar tomonidan jihodlarda kamonni o'qidek uchib yurardi degan guvohlik qaysi sahobaga berilgan?

Qayd etilgan

AbdulAziz  17 Noyabr 2007, 18:23:36

Munira xonimning savollari:

Alloh taolo "Ahzob" surasining 56-oyatida Rasulullohga sav salovat aytishni buyurgan. Rasulullohga sav salovat aytishning ma'nosi nima?

Rasulullohning sav ismlari Qur'oni karimning necha joyida zikr qilingan? Va qaysi ismlari necha martdan zikr qilingan?

Bizga ma'lumki, Qur'on oyatlari ikkiga bo'linadi. Madaniy va Makkiy. Rasulullohning sav ismlari qaysi suralarda kelgan? Suralarning nomini ham toping.

Ulamolar sahihligiga ijmo' qilishgan va "mutavotir" darajasiga yetgan shajaradan Rasulullohning sav nechta ota-bobolari joy olgan?

Muhaqqiq olimlarni tadqiqlariga ko'ra Rasulullohning sav bobolari Adnon bilan Ismoil a.s. ortasida nechta avlod o'tgan?

Rasulullohning sav otalari Abdulloh Abdulmutallibning nechanchi o'g'li bo'lgan?

Qayd etilgan

AbdulAziz  17 Noyabr 2007, 18:23:45

Shoxjahon12: 1996 yili qaysi futbolchi "Ozbekistonning eng yaxshi futbolchisi" deya topilgan?

javik_0770_lito: 15-16 asrlardan boshlab qaysi davlatda "Odamlar qo'ylarga yem bo'lyapti" degan gap tarqala boshlagan?

Diydor: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.dan rivoyat qilingan hadisda 70 ming (uzr adadi aniq yodimda emas) kishi soroq savolsiz jannatga kiradilar deyilgan.Bu jannat sohiblari ikki kasallikda davolanmak vaqtlarida parhezkor bolganlari sabab soroqsiz jannatga kiradilar.Bu qanday kasalliklar?

Muslima: Yer yuzida qaysi orolni atiga 1% da odam yashaydi?

Akbar: Tekshiruv natijasida dunyoda eng ko'p va baland gapiradiganlar Italiyaliklar hisoblanarkan. Eng kam gapiradiganlar qaysi millat vakillari?

Muxbir: So'nggi ma'lumotlarga qaraganda Angliyada yangi tug'ilgan chaqaloqlarga qo'yilayotgan ismlar orasida Muhammad ismi 22-o'rinni egalladi. Birinchi o'rinni qaysi ism egallagan? Angliyada eng ko'p qo'yilayotgan ism qaysi?

Qayd etilgan

JaviK  18 Noyabr 2007, 05:29:32

J A V O B L A R!

Muslima: Yer yuzida qaysi orolni atiga 1% da odam yashaydi?  :javob: Madakaskar.
Akbar: Tekshiruv natijasida dunyoda eng ko'p va baland gapiradiganlar Italiyaliklar hisoblanarkan. Eng kam gapiradiganlar qaysi millat vakillari?   "Javob": bu millat yapon yoki kareys halqi bo`lsa kerak.

Qayd etilgan

Munira xonim  18 Noyabr 2007, 09:17:23

2. Alloh taolo "Ahzob" surasining 56-oyatida Rasulullohga sav salovat aytishni buyurgan.
Savol: Rasulullohga sav salovat aytishning ma'nosi nima?

Assalamu alaykum.
Bunga ko'chilik ulamolar har xil ta'rif berishgan.
Ularning ulamolar ijmo' qilishgan ta'rif,  ulug' tobe'in Abul Oliya aytgan ta'rif:

"Sollallohu alauhi vasallam" degani "ALloh taolo O'z payg'ambarini farishtalari huzurida maqtasin va salom yuborsin" deganidir.

Imom Buxoriy "Al-jome'us sahih".

Qayd etilgan