Har bir tilning o'ziga xos ibora va uslublari bo'ladi. Jumladan,koreys tilining ham.Qaysi mamlakatga borsangiz shu mamlakat tili va madaniyatini o'rgansa foydadan holi bo'lmaydi.
Kecha bir tanishim telefon qildi:
-Aka, birga ishlaydigan bir koreys:"Seni boshingni kesib tashlash kerak",deyapti. Juda qo'rqib ketyapman. Nima qilsam ekan-a, - dedi ovozi qaltirab. U koreys tilini yaxshi bilar, mayda-chuydasigacha emas. Men uning gapidan kulib yubordim.
-Nega kulasiz? Birov o'laman,desa bu kulaman,deydiya...
Qarasam,astoydil xafa bo'lyapti.
-Ukam, san noo'rin xafa bo'lmaginu, sochlaring o'sib ketganmi?- dedim.
-Ha, nimaydi? Buyog'i xavo sovuq, shunga sartaroshxonaga keyinroq bormoqchiman, dedi u.
-O'sha koreys oshnang "Boshingni kesish kerak",degan iborani aytibdi, bu "soching o'sib ketibdi, sochingni kestir",degan ma'noda keladi,ukam,- dedim tushuntirib.
-Eee, men nima ekan debmana. Bekorga xavotirlanib o'tiribmana,- dedi u. Telefon go'shagidan uning xotirjam tortganligini nafas olishidan sezdim.