Iftorlik uchun 40 kishilik MARG'ILONCHA OSHMarg'ilonda Ramazonlar juda fayzli o'tadi. Ayniqsa iftor paytiga yaqin hammaning yugur-yugurga tushib qolganini ko'rasiz.
Kimdir uyiga, yana kimdir boshqa birodari taklif etgan iftorlik dasturxoniga shoshiladi. Ikki do'st ko'rishishi bilanoq, bir-birini iftorlikka taklif etadi.
Bugun esa bizning xonadonimizga iftorga kelaverasizlar. Bugungi oshxonamizda
marg'iloncha palovxonto'ra.
Bosh oshpaz - mening dadam. Men esa ularga yordam berib turdim.
Ko'pchilikka osh qilinganidan keyin albatta katta o'choq va qozon kerak bo'ladi. Yog'och o'ti bilan ochoqda pishgan oshning mazasi ham, shukuhi ham o'zgacha bo'ladi.
Avvalo, masalliqlarni tayyorlab olamiz:
Bu yerda tuz, zira va ta'bga qarab boshqa ziravorlar qolib ketibdi. Albatta, bismillah aytilib, qozonga yog' quyiladi:
Odatda Marg'ilonda choyxona oshlari qo'y yog'i, qo'y go'shtidan, ommaviy oshlar esa paxta yog'idan qilinadi. Ko'pchilik shunga ko'nikib qolgan. Yog' qizib, tayyor bo'lganidan so'ng, unga avval piyoz, so'ng go'shtni solib qovuriladi:
So'ng kertilgan sabzini qozonga tashlanib, tuzini ham ko'rib, aralashtiriladi:
Mahalliy til bilan aytganda, sabzi "o'ldirilgandan" so'ng suv quyiladi va qaynatiladi. Deyarli oshimiz damlash jarayoniga yetib qoldi. Inshaalloh iftorga yaqin damlab qo'yaveramiz.