O'rtaga tushib baloga qoldim. Gapimni to'g'ri tushunmay tuxmat deb qabul qildi, "to'g'ri tushunmabsiz, boshqa ma'noda gapirgandim" deb so'ragan uzrlarimiz javobsiz qoldi.
Yemagan somsamga pul to'ladim, somsapaz singlimiz esa gapirib-gapirib (sayrab-sayrab) kaminani javobini eshitmay ketdi.
Alloh hayringizni bersin, shaytonga hay bering singlim, mo'minlarga bunday shubhada bo'lmang! Agar men sizni aferistka deb o'ylaganimda, o'rtaga tushmasdim.
Jahlingiz tez ekan, shungami judayam qisqa o'ylarkansiz. Qizbolaga bunday jahldorlik yarashmaydi!
Uzrimni qabul qilasizmi yo'qmi bu ixtiyoringiz, men bu postda yana uzr so'raganim yo'q, bu "ko'zingni och" degan holis nasihat! Yana qaytaraman, jahl shaytondan! Burgaga achchiq qilish shaytonning ishi. Aksincha mo'minlar mulohazakor bo'ladi, agar ayb ko'rsa tez kechiradi, gina saqlamaydi.