HAR XIL MAVZULAR
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Ey Ali! Musulmonlardan kim bilan ko‘rishsang, (gapni. - tarj.) salom bilan boshla, Alloh senga yigirma savob yozadi. Salom berganning salomini ol (salomiga alik ol), Alloh jalla jalaluhu salomga alik olganga qirq savob yozadi173.
Ey Ali! G’azablanma174, shayton g‘azablangan paytingda sendan g‘olib bo‘ladi175. Mazlumning duoibadidan saqlan176! Alloh taolo mazlumning duosini (mazlum kofir bo‘lsa ham) qabul qiladi177.
Yolg‘on qasam ichishdan saqlan! Yolg‘on qasam molni tugatadi, rizq va umrni yo‘q qiladi178.
Kim amri ma’ruf179 va nahyi munkar180 qilsa, Alloh u kishi dushmanining burnini yerga ishqaydi181. Kim ishlarida sodiq (to‘g‘ri) bo‘lsa, u kishi g‘azablangan kimsaga Alloh ham g‘azab qiladi182.
Ey Ali! Yetim yig‘laganida Arsh larzaga keladi va bunday deydi: "Ey Jabroil, uni yig‘latganga jahannamni keng qil, uni kuldirganga esa jannatni kengaytir»183.
Din Allohga, Uning Rasuliga va mo‘minlarga nasihatdir184.
Ey Ali! Ummatimdan yetti (toifa) kishi jannatdadir:
1. Tavba qilgan yosh yigit185.
2. Yashirin sadaqa bergan kishi186.
3. Choshgoh namozini o‘qigan kishi187.
4. Molining zoe bo‘lishi imom bilan (jamoat bilan) bir namozni o‘qiyolmay qolishdan ahamiyatsiz bo‘lgan kishi188.
5. Alloh taolodan qo‘rqib, ko‘zlari yoshlangan kishi189.
6. Ulamo majlisiga borishda musobaqa qilgan kishi190.
7. Shuhratli va chiroyli ayolning taklifini "Men Allohdan qo‘rqaman", deya rad etgan kishi191.
Kim ko‘zi ojizning chap qo‘lidan tutib, unga yo‘l ko‘rsatsa, (qiyomat kuni) u kimsaning o‘ngi sening chap tomoningda keladi192.
Ey Ali! Bu tavsiyalarimni tadbiq qil193.