33. QUS BIN QOIDANING XUTBASI
Bir kun Akkoz bozorinda qizil teva ustiga minub, arab ulug‘larindin Qus bin Qoida payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning chiqishlarindin yig‘ilgan odamlarga xabar berub, bu xutbani so‘zladi: "Ey, xaloyiq! Kelingiz, eshitingiz, ibrat olingiz, g‘aflatda qolmangiz, ko‘zlaringizni ochingiz. Yashagan o‘lar, o‘lgan bitar, bo‘ladurg‘on ish bo‘lur, yomg‘urlar yog‘ar, o‘tlar o‘sar, bolalar tug‘ilarlar, atolarining, anolarining o‘rniga qolur, bir vaqt hammasi yo‘q bo‘lub ketar, ishlarning orqasi uzilmas, bir-biriga ulanub turur, quloq solingiz. Ko‘kdin xabar bor: yerda ibrat oladurg‘an narsalar bor, yer yuzi yoyilgan gilam kabi, ko‘k yuzi katta tog‘lar kabi, yulduzlar yurar, dengizlar turar, kelgan ketar, ketgan kelmas, ajabo? Borgan yerlarida shod bo‘lurlarmi, yoki hasratmi chekarlar, yo uyqudami yoturlar?
Qasam ila aytaman. Alloh qoshinda bir din bordurki, bu diningizdin seviklidur va Allohning bir keladurgon payg‘ambari bordurki, keladurgon zamoni yaqindur, soyasi boshingiz ustida turubdur. Qanday sevinchdurki, anga bo‘yinsinub, imon keturg‘on kishilarga, qanday o‘kinchdurki, ul zotni ko‘rsatgan yo‘llaridin yurmagan kishilarga; qanday hasratdurki, umrlarini g‘aflat birla kechurgan ummatlarga.
Ey, xaloyiq! Ota-bobolarimiz qani? Ziynatli kosalar va toshlardin uylar solgan Od va Samud qavmlari qani? Dunyoga mag‘rur bo‘lib "Man tangriman" degan Fir’avn va Namrudlar qani? Onlar sizga qaraganda boy ham sizdin quvvatli edilar. Bu yer onlarni
8 Faxri olam afandimiz go‘zal xulqli, fukaro va miskinlarga shafqatli, so‘zlari kisqa, ko‘b ma’noli, adab bobida tanho, haq ishda sabotli, Makka xalqi arosinda odil va ishonchli o‘ddiqlarindin Muhammad ul-amin der edilar.
tegirmonida tortdi, gard-gard qilub, suyaklarini har tarafga tarqatdi, jonlari siqildi, uylari yiqildi, egasiz qoldi, itlar boylandi, hasratda ketdilar.
Ibrat olingiz, g‘aflatda qolmangiz. Onlarning yo‘liga kirmangiz. Har narsa yo‘q bo‘lur, qolg‘uvchi yolg‘uz Allohu taolodur. Birdur - sherigi, o‘xshashi yo‘qdur, ibodatga loyiqdur, birovdin tug‘ulmagan, birov andin tug‘ulgan ham emas. Kelub ketgan, bo‘lub o‘tganlardin bizlarga ibrat oladurgan narsalar ko‘bdur: o‘lim irmog‘ining kiradurg‘on yerlari ko‘b, ammo chiqadurg‘on yeri yo‘q. Kattadur, kichikdur - barchasi ketar, qaytub kelmas. Ul kishilarki keldilar, ketdilar, kelibon ketdilar va qayon yetdilar? Yaqin bilurman, dunyo tegirmoni bani ham salomat qo‘ymas", deb so‘zini bitirdi.
Ul odamlar ichinda payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham bor edilar. Arodin ko‘b vaqt o‘tmadi. Janobi Haq tarafindin Muhammad alayhissalomga payg‘ambarlik keldi. Lekin Kus bin Soida o‘lgan edi. Payg‘ambarimizga ko‘rishmak nasib bo‘lmadi.