Umumiy bo'lim > Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

RAMAZON HAYITI muborak!

<< < (8/9) > >>

Habib:
Assalamu Alaykum wa rahmatullohu wa barakatuhu aziz dinqardoshlar!


Biroz kechroq bo'lsa-da Iyd al Fitr - Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlayman!
Alloh barcha qilingan ibodatlarni O'z dargohida qabul qilsin, ikki dunyo saodatini ko'rishni nasib aylasin. Xonadonlarga fayz, shukuh bersin, ota-onalarimizdan o'tganlarni rahmat qilib, hayotlarini salomat, umrlarini uzoq qilsin! Dilbandlarimizni ko'zimizni quvonchi, zakiy, fozil bo'lishlarini nasibi ro'zi aylasin! O'zimizni Islomda sobitqadam, taqvodorlarga peshvolardan qilsin!

Ansora:
Valaykum assalom. Sizlargayam muborak bolsin uka:)

Abdulhafiz:
:as:
Aziz firumdoshlar! Barchamizga Iyd al fitr muborak bo'lsin. Mohi ramazonda qilgan ezgu amal va duolarimizni Alloh dargohida qabul qilsin. Keyingi ramazonlarga ham salomat yetkazsin.

IRFON-2012:
Assalomu alaykum!
Sahar vaqtida barcha musulmonlar qatori hayit namozini ado qilish uchun masjidlarga otlandik. Qanday ham go'zal?!
Minglab musulmonlar jamoatning oldingi safidan joy olish ilinjida masjidga subh vaqtidan avval yetib kelganlar. Qanday ham go'zal?!
Odamlarning ko'zlarida tabassum, qalblarida shodlik, yuzlaridan nur yog'ilmoqda. Qanday ham go'zal?!
Internetda ham kattayu kichik faqat hayit bilan muborakbod etib post qoldirmoqda. Har birini o'qib yanada quvonchimiz ortadi. Qanday ham go'zal?!
Butun dunyo musulmonlarini, yurtimiz musulmonlarini va barcha internetdosh birodaru ustozlarni kirib kelgan Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Ramazon oyidan chiqqan pokiza va nurli holatlar keyingi ramazongacha sizu bizni tark etmasin! Allohning rahmati va mag'firati hammamizga hamon yo'ldosh bo'lsin! Bu kunga onadan tug'ilgandek pok chiqish hammamizga nasib qilgan bo'lsin!

albatros:
Бу мавзуга хабар ёзилмаганигаям аааанча бўлибди.

Барчангизни бугунги арафа ва эртанги Ҳайит аёми билан қутлайман. Аллоҳ барчамизни тутган рўзамизни қабул айлаб, билиб билмай қилган гуноҳларимизни мағфират қилсин. Беморларга шифо, қариларга куч қувват берсин. Барчамизни кейинги муборак Рамазон ойларига ҳам эсон омон етказсин. Юртимиз доимо тинч бўлсин. Ҳар бандани барча эзгу ниятларини ижобат қилсин Аллоҳим

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version