Daraxt qanchalik ko'p meva bersa, shoxi shunchalik yerga egiladi.
* * *
Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa ham, barglari yerga to'kiladi.
* * *
Daraxt uchiga yel tegar,
Yaxshi kishiga so'z tegar.
* * *
Daraxtga beshikdan mozorga qadar muhtojmiz.
* * *
Yog'ochga tayanma, chirur,
Insonga quvonma, o'lur.
* * *
Daraxtni qurt, insonni dard bitirar.
Turk xalq maqollaridan.