Mana 10 kun o'tibdi, qizlar yuqoridagi savolga
javob berishni hohlashmadi, shekilli... ChehMik,
rozi bo'lasiz endi. Qizlarga yangi savol:
Ko'pchilik xotin-qizlar "hamma erkaklar ablahdir",
degan g'oyaga tilda bo'lmasa ham, dilda shunga
ishonib yurishadi. Ayniqsa, o'zaro suhbatlarida
buni takror-takror tasdiqlashadi... Endi bir
ochiqchasiga, ortiqcha bezaklarsiz fikrlaringizni
bildiringlarchi, shu aqidaga qanchalik ishonasizlar?
V.assalom.
Yuqoridagi fikrlarga qo'shimcha qilgan holda men ham shularni aytmoqchiman.
Men doimo bir ikki inson shunday qildi, deb umumiy hulosa qilishga qarshiman.
Millatlar, kasb hodimlari, jinslar vhklar haqidagi umumiy fikrlardan umuman uzoqman.
Men doimo insonlarga ishondim. Chunki inson bolasi bir narsaga ishonmay yashashi mumkin emas.
Alloh nasib etsa qarshimga faqat yaxshi insonlar chiqadi, deb o'yladim. Bazan xayolimning teskarisidagi insonlar chiqsa ham yaxshi insonlarning borligiga ishongan holda hayotimga davom etdim.
Bazan "aldangan" ayol-qizlar erkaklardan nafratlanishi va "ko'nglini bu tur munosabatlarga umuman yopib qo'yishi" aniq.
Agar har ikki jins men shundan bundan yomonlik ko'rdim, deb bir-biridan o'ch olishga va nafratlanishga o'tsa edi, dunyoviy urush chiqqan bo'lardi.
Dunyoda "yomon yo'lga kirib ketgan" ayol soni kam emas, lekin shunga qaramay erkaklar butun ayollardan birvarakayiga nafrat etishmaydi...
Shunday ekan, bir erkak "ablahlik qildi" deb butun erkaklarni bu ayb bilan ayblashga haqqimiz ham yo'q....
Rabbim yaxshilar bilan uchrashtirib, yomonlar bilan imtihon etmasin, inshalloh...