Forumchilarga savol  ( 725915 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 ... 182 B


Shukurulloh  29 Noyabr 2007, 17:16:50

J: bu holda alohida honaga kirib Olloh bilan yuzma yuz turib unga iltijo qilib bunday holdan ozod etishini va to'g'ri yo'lga boshlashini so'riman.Va faqatgina Ollohni huzurida hisqilgandek bo'laman o'zimni to'yib-to'yib yig'layman.Bu rosti.4000  postizga javob berganimdan hursandman tabriklayman
S:siz dardingizni kimga ayta olasiz ?

Qayd etilgan


Robiya  29 Noyabr 2007, 17:48:04

Javob: Kechqurun hovliga chiqib yig'lab,dardlarimni ham aytib olaman.

Savol: Xursandchiligingizni hech yolg'iz nishonlaganmiiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Noyabr 2007, 20:07:00

J: ALbatta, bunday holatlar ko'o bo'lgan. Yonimda bir kishi paydo bo'lguncha,albatta...

S: Juda ham siqilgan inson yolg'iz qolishni xohlashi tabiiy holatmi yoki uning yonida bir kishini bo'lishi afzalmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Noyabr 2007, 07:28:43

J: O'zi yolg'iz qolsa, ko'pincha o'zini yeb qo'yadi. Oldida eng yaxshi bir birodari unga taskin bergani afzalroq. Chunki har qanday balo o'tkinchidir.

S: Masalan, siz bir kishidan, uning dini, amali, musulmonlarni aldagani, fitnasi uchun qattoq nafratlanasiz. Siz shu nafratingizni oshkora ifoda eta olasizmi?

Qayd etilgan


Muslimа  30 Noyabr 2007, 09:00:56

Javob: Musulmon birodarlarimni aldagani uchun, fitnasi uchun nafratlansam, o'sha insonni o'ziga oshkora aytaman albatta! Lekin boshqalarga unga bo'lgan nafratimni bildirmayman, qolaversa hammamiz qilgan har bir ishimizga Qiyomatda javob beramiz. InshaAlloh o'sha inson ham qilmishlari uchun jazosini oladi....

Savol: Bir vaqtni o'zida bir insonni ham sevib ham undan nafratlanish mumkinmi? Sizda shunday vaziyat bo'lganmi?

Qayd etilgan


Foniy  30 Noyabr 2007, 10:09:34

Assalomu alaykum!
Javob: Bir vaqtni o'zida bir insonni ham sevib ham undan nafratlanish mumkin emas deb o'ylayman, ikkalasidan bittasi bo'ladi: sevgan insoningizdan nafratlanaolmaysiz agar unda nafratlanishga olib keladigan holatlar bo'lmasa, nafratlanib turgan odamingizni, menimcha sevaolmaysiz, chunki undan nafratlanib bo'lgansiz, ko'nglingiz sovigan. Ollohga shukur meni hayotimda bunday holat bo'lmagan.

Savol: Ikkiyuzlamachilik? Sizga yoki boshqalarga ikkiyuzlamachilik qilgan insonga munosabatingiz, uni kechiraolasizmi? Agar u yaqin insoningiz bo'lsachi?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Noyabr 2007, 17:03:19

Assalomu alaykum!!!

Javob: Avvalambor har bir inson kechirimli bo'lishi kerak. Men hammasini unitardim va uni kechirardim faqat uni jazosini faqat Alloh beradi.

Savol: Sizning vada berib bajarmagan paytlaringiz bo'lganmi va agar bo'lgan bo'lsa qanday undan chiqib ketgansiz?

Qayd etilgan


shoir  30 Noyabr 2007, 19:03:38

J: Ha, ba'zi sabablarga ko'ra shunday bo'lgan. Lekin men borib o'sha insonga sababini tushuntirganimda hijolat bo'lmasligimni aytgan.

S: Sizni bir insondan qarzingiz bor. Qarz muddati keldi. Sizning qo'lingizda pul bor, lekin kasalsiz, davolanishingioz kerak. O'sha inson ham pulga zoriqadigan odam emas. Nima qilasiz?

Qayd etilgan


Robiya  01 Dekabr 2007, 11:42:44

Javob: har qanday qilib bo'lsa ham qarzni yetkazaman.

Savol: nimaga umuman qiziqmaysiz?U haqida hatto eshitgingiz ham kelmaydi.

Qayd etilgan


shoir  01 Dekabr 2007, 21:02:13

Javob: Moda.

Savol: Sizni judayam xursand qilgan sovg'a nima bo'lgan?

Qayd etilgan