Yasmig‘ni pishirib, qovun urug‘ini maydalab, unga aralashtirib yuzga surtsangiz, rangu ruxsoringizni ochadi, yuz sariqligini bartaraf etadi.
Mirt mevasini loviya uni bilan xamir qilib yuzga surtilsa, yuz dog‘ini yo‘qotadi.
Yong‘oqning po‘stlog‘ini maydalab, uni sirka bilan xamir qilib yuzga surtsangiz, yuzingizni qizartiradi.
Daraxt tanasidagi qo‘ziqorindan 0,8 gramm yesangiz, yuzingiz go‘zal bo‘ladi.