* * *
Bu mening musulmonlarning jins xususida fikr yuritadigan yozuvchilari o‘zini qaerda deb bilishlari xususidagi muqaddimamga yakun yasaydi. Ko‘pincha zamonaviy islomda murosaning paydo bo‘layotgani ham ko‘zga tashlanmaydi. Biroq odam har qanday islohot siyosati, u munosabatlarga, tarixga nazarga yoki shariatning o‘ziga nisbatan bo‘ladimi, bundan qat'i nazar, ilohiyotshunoslik aniq-tiniq ko‘rsatma bermagan bo‘lsa, diniy o‘tmishga daxldorlik emas, aksincha, unga butunlay begonalik hissini tuyish yo‘li bilan chin ma'nodagi islohotchi bo‘la olmasligini tushunmaslikdan faqatgina o‘zi zarar ko‘rishi mumkin. Bu hol, men gumon qilishimcha, islom islohotchiligidagi umumiy bir xatodir: masalan, Shohrur yoki Vail Xalloq taklif etayotgan yurisprudentsiyadagi islomiy tushunchalarni qayta ko‘rib chiqishni, ular fiqhning diniy talablarini e'tiborga olmayapti, meros - turasni muammoli narsa deb hisoblayapti, degan qarash bilan tan olish oson emas. Biroq shariat hukmlarini tanlab-tanlab istifoda etarak, pala-partish g‘arblashtirishni bartaraf etishga urinib ham ko‘rmaslik dindor ommani ishontirmaydi, ilohiyotshunoslikni mohiyatan har bir shar'iy tahlil uchun zarur deb hisoblovchi jiddiy tahlilga ham dosh bera olmaydi: bunday holatda postfundamental usul xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Menimcha, Al-Hibriy, Xalloq va boshqa islohot tarafdorlarining odatiy ovozi islom yurisprudentsiyasini usulsiz joriy etishni taklif etishmoqda: buning ma'nosi chin ma'noda dunyoviylashtiruvchi qonunni ildiz-pildizi bilan qo‘porib tashlashni nazarda tutadi.