Ibrohim alayhissalomning Qur’onda vasf qilingan mehmondo‘stligidan ibrat olgan mo‘minlar mehmonni ochiq chehra bilan, salom berib qarshi olishlari, uning hurmatini joyiga qo‘yib, haqlarini ado etishlari lozim.
Mehmon ehtiyoj yuzasidan kelgan bo‘lsa, uni ortiqcha savollar bilan qiynamay, ehtiyojini bayon qilishga imkon berish kerak. Gaplarini diqqat bilan tinglagach, uni xijolatga qo‘ymay, imkon qadar hojatini ravo qilish harakatida bo‘lish kerak. Mehmon kutish borasida rioya qilinishi kerakbo‘lgan odoblardan biri — paysalga solmay dasturxon tuzash va uydagi eng yaxshi ne’matlarni dasturxonga tortishdir. Mehmonni ovqatlanish uchun ortiqcha-majburlamaslik, mehmondorchilikni ovqat pishirish bellashuviga aylantirmaslik kerak. Shirin suhbat, mezbonlik odobi, oilaviy an’analar, oila a’zolari bilan yaqindan tanishtirish va bu bilan oilasining ibrat bo‘ladigan tomonlari xususida maqtanmasdan, og‘ir botmaydigan qilib g‘oyat zukkolik bilan fikr almashish lozim. Mehmonning o‘zi dasturxonni yig‘ish taklifini bermaguncha dasturxon yig‘maslik, ovqatlanish uchun mehmonni ortiqcha majburlamaslik, namoz vaqgini eslatib, uni ado etishga imkon yaratish mezbonning vazifasi bo‘lsa, uy egasining vaqtini olmaslik, nafsi ochlik qilib ko‘p yemaslik, mezbon ko‘rsatgan joyga o‘tirish, uni xijolatga qo‘imaslik, ziyofatdan so‘ng xonadon sohibining haqqiga duo qilish mehmonning burchi hisoblanadi. O‘z ixtiyori bilan mehmon chaqirish borasida amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalardan yana biri, mehmondorchilikning shariat doirasida va taklif qilingan mehmonlarning taqvodor, duogo‘y odamlar bo‘lishiga e’tibor qaratishdir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
"Mo‘min kishilar bilan do‘st bo‘l va taomingni faqat taqvodor kiishlarga yegiz".