462-bob. Salom berish va alik olish uchun chiqqan odam haqida
1037. Tufayl ibn Ubay ibn Ka'bdan rivoyat qilin-di: u Abdulloh ibn Umar (r.a.) bilan ertalab bozorga birga borishar edi. Tufayl aytdi: "Abdulloh ibn Umar(r.a.) sotuvchimi, xaridormi, miskinmi yo boshqami, kimning oldidan o'tmasin, unga salom berardi. Bir kuni Abdulloh
(r.a.)ning oldiga borgandim, u men-dan birga bozorga borishni so'radi. "Bozorda nima qilasan? Savdo-sotiqning ustida turmasang, narx surishtirmasang yoki bozorga mol chiqarmasang, bozorda o'tirmasang. Undan ko'ra o'tir shu yerda, suhbatlashamiz", dedim. Shunda Abdulloh (r.a.): "Ey, qorindor! Biz faqat uchragan kishiga salom berish uchun boramiz", dedi.
1 Imom Nasoiy (r.al) Jobir ibn Abdulloh (r.a)dan rivoyat qilgan bir hadisda aytiladi: "Yahudiylarning salomlariga alik olmangiz, alik olsangiz ham boshingizni silkish va qo'l kaf-tingizni ko'tarish bilan alik oling". Albatta, agar ikki musulmon bir-biridan salomni eshitmaydigan darajada uzokda bo'lsa, salom lafzini aytib turib, ishora bilan salomlashsa bo'ladi. Lekin salom-alikka imkoniyati bo'la turib ishora bilan salom-lapshshdan qaytarilgan. Namozda bo'lish, oradagi masofaning uzoq-ligi kabi holatlar bundan mustasno. Shuningdek qulog'i og'irlar-ga ham ishora bilan salom beriladi.
Demak, Tufaylning qorni chiqqan ekan, vallohu a'lam.