Assalamu aleykum
Haqni topgan kishilar biri bu mashhur O'zbek Abdulla Qodiriy hoyoti haqida qisqacha to'xtalamiz
Hayot va ijod yo'li. 1894- yil 10- aprelida Toshkent shahrida bog'bon oila-Jn (limyoga kelgan Abdulla Qodiriy o'z davrining maktab va madrasalarida gi, ilmga chanqoqligi va ulkan iste'dodi tufayli zamonasining eng lliiiulnn kishilaridan biriga aylandi.
Oiladagi yo'qchilik tufayli mahalladagi maktabga kechikibroq borgan ikki-uch yil ichida tuzukkina savodxon bo'ldi. Lekin muhtojlik o'z tillni qildi: o'n ikki yashar o'smirni bir boyga yugurdaklikka berishga majbur lilar. Tijoratchilik tufayli ruslar bilan ham savdo aloqalari qiladigan bu jy ins tilini biladigan, shu tilda ish yurita oladigan xizmatchiga muhtoj edi. llui sabab zehnli va tirishqoq Abdullani u rus-tuzem maktabiga berdi.
1912- yilda muvaffaqiyatli tugallangan rus-tuzem maktabi bo'lajak Itllh cslctik qarashlari va ijodiy qiyofasi shakllanishida muhim ahamiyatga bo'ldi. Negaki, Abdulla bu yerda rus tili va u orqali dunyo adabiyotini .finish imkoniyatiga ega bo'lgandi. Ikki yildan oshiqroq vaqt mobaynida oilaga yordam berish uchun tirik-chilik yo'lida urinib yurgan bo'lajak yozuvchi 1914- yilda Abulqosim mad-rasasiga o'qishga kirdi. Madrasada u shariat ilmi, islom falsafasi, arab va fors tillarini o'rgandi. Bu hoi ko'p o'qiydigan, Kunchiqish adabiyoti bilan chuqur tanish bo'lgan Abdullaga islomiy-turkiy estetikaning nazariy asoslarini ham egallash imkonini berdi. Xullas, Abdulla Qodiriy 1917- yillarda ham dun-yoviy, ham diniy bilimlarni puxta egallagan, olam hodisalarini teran idrok etadigan ziyoli sifatida shakllangan edi.
Bo'lajak yozuvchi rus-tuzem maktabini tugatib, tirikchilik ko'yida yurgan kezlarida Rasulmuhammad otliq savdogar boy qo'lida ishboshqaruvchilik qildi. Savdogar insofli, ochiq fikrli, oydin kishilarni hurmatlaydigan boylardan edi. Abdulla uning do'konlarida ishlab yurib, zamonasining bir qator ilg'or fikrli kishilari bilan tanishdi, suhbatlar qurdi. 1914- yilda boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib, Nafiza, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma'sud kabi farzandlar ko'rdi.
Qodiriyning ijodiy faoliyati ham shu yillarda boshlandi. "Shu miyo-nalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg'on gazetalarni o'qib, dunyoda gazeta degan gap borlig'iga imon keltirdim. 1913- yilda o'zbekcha "Sadoyi Turkiston", "Samarqand", "Oina" gazetalari chiqa boshlag'och, menda shu-larga gap yozib yurish fikri uyg'ondi", — deb yozadi adib keyinchalik. "Sadoyi Turkiston" gazetasining 1914- yil 1- aprel sonida Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan "Yangi masjid va maktab" sarlavhali xabar bosilgan. Qodiriy yozuv-chilik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qo'ygan. Oradan ko'p o'tmay, "Millatimga", "Ahvolimiz" she'rlari, "Baxtsiz kuyov" dramasi, "Juvonboz" hikoyasi chiqdi. Jadidchilik g'oyalari bilan sug'orilib, jamiyat a'zolarini ma'rifatli, o'qimishli va ilg'or fikrli qilishga qaratilgan bu asarlar badiiy jihat-dan puxta bo'lmasa-da, zamoni uchun dolzarb edi. Yosh yozuvchi bu asarla-rida davrning muhim masalalarini ko'taradi, millatning ahvolini yaxshilashni astoydil istashini ko'rsatadi. Lekin niyat bilan badiiy ifodaning orasida hali ancha masofa bor edi. Qodiriy ilk asarlarida fikrlarini ochiq aytish, g'oyani yalang'och ifodalash yoiidan bordi.
Millat baxti uchun kuyib-yongan Qodiriy Oktabr o'zgarishlaridan keyin qator sho'ro idoralarida xizmat qildi. Jumladan, 1918- yilda Eski shahar oziq komiteti sarkotibi etib tayinlandi. Jurnalistlika bilan faol shug'ullandi. Bu hoi unga yangi hayotni ichdan bilish, uning og'riqli, sog'lom aqlga to'g'ri kel-maydigan, xalqimiz manfaatlariga zid keladigan jihatlarini bevosita ko'rish im¬konini berdi.
Har qanday ishda bo'lgani singari asarlarini yozishga ham g'oyat puxta tayyorgarlik ko'radigan yozuvchi 1917 — 1918- yillardan boshlab asosiy asari bo'lmish "O'tkan kunlar" romani uchun material yig'ishga kirishdi. U xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. O'zbekning qanday xalq ekanligini ko'rsatib beradigan katta hajmli asarga ul-кап ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni 1919- yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o'zbek romanining dastlabki boblari "Inqilob" jurnalida chop elildi. 1925- yilda romanning bo'limlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa "O'tkan kunlar" yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 1928- yil¬da adibning ikkinchi romani "Mehrobdan chayon" nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli o'zbeklar hayotida ro'y bergan o'zgarishlarni aks etti-radigan "Obid ketmon" qissasini yozdi. Bulardan tashqari, adib necha o'nlab publitsistik maqolalar, badiiy saviyasi baland hikoyalar ham yaratdi. Qodiriy "Amir Umarxonning kanizagi", "Namoz o'g'ri", "Dahshat" singari roman-lar yozmoqchi boiib, materiallar to'plagani haqida ma'lumotlar bor. Ammo qonsiragan sho'rolar tuzumi adibning bu rejalari amalga oshuviga qoy'madi.
Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga o'zini tanitayotgan, uning g'ururini uyg'otayotgan yozuvchi o'lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor chovut solishdi. 1926- yildayoq "Mushtum" jurnalining uchinchi sonida bosilgan "Yig'indi gaplar" maqolasi uchun adib "...aksil inqilobiy maqsadda sho'ro rahbarlarini matbuot orqali obro'sizlantirdi" degan ayb bilan qamoqqa olindi. Qodiriy o'ziga qo'yilayotgan ayblar asossiz va uydirma ekanligini, maqolasida xolis tanqid va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e'lon qildi. Uzoq cho'zilgan tergovda ham, sud jarayonida ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga til tekkizganligi bilan cho'chitmoqchi bo'lgan yuzsiz kimsalarni ayamay fosh etdi. O'z qarashlaridan qaytmay, ijod-korlik va insonlik sha'nini mardona himoya qildi. Uning: "Men to'g'rilik orqa-sida bosh ketsa, "ih" deydirgan yigit emasman",— degan gapi adib shaxsiyatiga xos xususiyatlarni to'liq aks ettiradi. Respublika Oliy sudi yetarli asos bo'lmasa ham Abdulla Qodiriyni ikki yil ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqar-di. Lekin dalillarning uydirmaligi ko'rinib turgani uchun ham o'zbekning eng mashhur adibini qamoqqa tiqishga jur'at etishmadi. Bu sud orqali sho'rolar yozuvchini o'ziga xos yo'sinda "ogohlantirdi". Lekin adib bu ogohlantirishdan "to'g'ri" xulosa chiqarmadi, ya'ni haqiqatga xiyonat qilmadi.
O'z asarlari bilan nafaqat O'zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma'naviyati ravnaqiga hissa qo'shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qatag'on mashinasi shitob bilan ishlar va uning yaxshi yurmog'i uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko'chasidan ham o'tmagan hukumatning uch-lik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr o'zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o'zbeklarning eng fidoyilaridan birini o'limga hukm qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya'ni hukm chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar o'zbekning chin iste'dodlarini yo'qotishga shoshilishgandi.