KIBR-HAVO
Ey do‘stim, Alloh seni va meni irshod etsin! Dunyoviy va uxroviy xayrlarga yetishaylik. Bilki, kibr-havo fazilatlarni yo‘q qiladi, razolatlarni yetaklab keladi. Kibr-havo, kishining nasihat tinglashiga va odob o‘rganishpga monelik qiladi, bu — sening razillashishing uchun kifoyadir, shuning uchun derlarki:
— Ilm hayo bilan kibr orasida yo‘q bo‘lib ketadi. Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:
— Qalbida zarracha kibr bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi.
— Kim libosi tufayli kibrlansa, Alloh unga nazar solmaydi.
Hikmat ahli derki:
— Kibr ila mulk doim bo‘lmas.
Alloh o‘z kitobida kibrni fasod bilan yonma-yon zikr etib, buyurdi:
—
Biz oxirat diyorini Yer yuzida kibr va fasod orzusiga tushmaydigan kishilarga beramiz. (Bu oyat Qur’oni karimning o‘zbekcha tarjimasida «Biz o‘sha oxirat diyorini yer yuzida zulmu-zo‘ravonlik va buzg‘unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz» deb olingan). (Qasas surasi, 83-oyat)
—
Endi Yerda nohaq kibru havo qilib yuradigan, agar barcha oyat — mo‘‘jizalarni ko‘rsalar ham, ularga iymon keltirmaydigan, To‘g‘ri—Haq Yo‘lni ko‘rsalar uni (o‘zlari uchun) yo‘l qilib olmaydigan, agar zalolat-noto‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar, uni io‘l qilib oladigan kimsalarni o‘z oyat-mo‘‘jizalarimdan burib yuborurman (ya’ni anglab yetmaydigan qilib qo‘yurman). Bunga sabab ular Bizning oyatlarimizni yolg‘on deganlari va u oyatlardan g‘ofil bo‘lib olganlaridir». (A’rof surasi, 146-oyat)
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilarki: Uch narsa o‘ldirish xususiyatiga ega:
1. Xasislik.
2. Havoyi nafsga beriluvchanlik.
3. Kishining o‘z nafsi bilan gerdayishi.
Amr o‘g‘li Abdulloh rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:
— Nuh alayhissalom o‘limi oldidan ikki o‘g‘lini chaqirib dediki:
— Sizga ikki narsani amr etib, ikki narsani taqiqlayman.
1. Kibrlanishni va Allohga esh-o‘rtoq tanishni taqiqlayman.
2. La ilaha illalloh - Allohdan boshqa iloh yo‘q - jumlasini aytishingizni va buni qalban tasdiqlashingizni amr etaman. Chunki butun Osmonlar, Yer va ularda mavjud bo‘lganlar tarozining bir pallasiga qo‘yilsa, bu jumla esa boshqa pallasiga qo‘yilsa, hech shak-shubhasiz, bu jumla bo‘lgan palla og‘ir keladi. Agar Osmonlar va Yer birga bo‘lsa ham, «La ilaha illalloh» ularning ustiga qo‘yilsa, shak-shubhasiz, ularni sindiradi.
Yana sizga «Subhanalloh va bihamdihi» deyishni amr etaman. Chunki bu har narsaning namozidir va har narsa uning bilan rizqlanadi.
Iso alayhissalom derki:
- Alloh kitobini o‘rganib, bu dunyoda QUTURMAY yashab o‘tganlar (ya’ni gerdaymay, boshqalarga zulm o‘tkazmay yashagan va o‘lganlar) naqadar baxtiyor kimsalardir!
Ablulloh ibn Salom »- Alloh undan rozi bo‘lsin - o‘tin orqalab olib, rastadan o‘tib ketayotgan edi. Undan — bunga ehtiyoji bo‘lmagani holda, nechun o‘tin orqalab yurganini so‘rashganida, shu javobni bergan edi:
' - O’zimdan KIBRni yo‘qotmoqchiman (ko‘tarib otmoqchi-man)!..
Qurtubiy tafsirida,
«Yana yashirgan zeb-ziynatlari bilinsin uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar!» (Nur surasi, 31-oyat) mazmunidagi oyat uzra to‘xtalib deyiladiki:
— Xotinlarning erkaklar diqqatini tortish uchun sollanib yurishlari, erkaklarning ham kibr va havo ila oyoqlarini taq-tuq yerga urib yurishlari haromdir.